SUDYALAR DAXLSIZLIGI: HUQUQIY TABIATI VA UNI TA'MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI
##article.subject##:
sud hokimiyati, sudya, sudyalar daxlsizligi, sud mustaqilligi, sudya immuniteti, konstitutsiyaviy kafolatlar, sud-huquq islohotlari, odil sudlov, javobgarlik, huquqiy davlat##article.abstract##
Ushbu maqolada sudyalar daxlsizligi institutining nazariy-huquqiy asoslari, uning sud hokimiyati mustaqilligi va odil sudlovni amalga oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar daxlsizligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda ushbu institutni tartibga soluvchi milliy qonunchilik normalari tizimli yondashuv asosida oʻrganilgan. Sudyalarni jinoiy, maʼmuriy va intizomiy javobgarlikka tortishning protsessual-huquqiy mexanizmlari, sudya daxlsizligi kafolatlarining mazmuni va ularni qoʻllash amaliyoti ilmiy-huquqiy hamda qiyosiy-huquqiy metodlar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, sudyalar mustaqilligini taʼminlashga oid xalqaro huquqiy standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba milliy qonunchilik bilan qiyoslangan. Tadqiqot yakunida sudyalar daxlsizligi institutining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, sud hokimiyati mustaqilligini yanada mustahkamlash hamda sud tizimiga nisbatan jamoatchilik ishonchini oshirishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
Sud va huquqni muhofaza qilish organlari dasrlik M.H. Rustamboyev, Y.N.Nikiforova. – Toshkent “Turon-iqbol” 2007. 253-, 254-b.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 136-modda. http://lex.uz//docs/-6445145
Sudlar to’g’risidagi Qonun. http://lex.uz//docs/-5534923
"Oʻzbekiston – 2030" strategiyasi. http://lex.uz//docs/-8050769
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF–6034-son Farmoni. http://lex.uz//uz/docs/-4910826
Basic Principles on the Independence of the Judiciary. United Nations, 1985.
Bangalore Principles of Judicial Conduct. UNODC, 2002.
U.S. Constitution. Article III. Washington, D.C., 1787.
Shaman J.M., Lubet S., Alfini J.J. Judicial Conduct and Ethics. 5th ed. New York: LexisNexis, 2013.
Constitution of the French Republic. Paris, 1958.
European Commission for Democracy through Law (Venice Commission). Report on the Independence of the Judicial System: Part I – The Independence of Judges. Strasbourg, 2010.