RAHBAR AYOLLARNING BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING MEXANIZMLARI
##article.subject##:
Gender tengligi, rahbar ayollar, boshqaruv kompetensiyalari, institutsional mexanizmlar, emotsional intellekt, strategik fikrlash, mentoring dasturlari, gender stereotiplari, raqamli savodxonlik, liderlik##article.abstract##
Maqolada rahbar ayollarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlarining nazariy-metodologik asoslari, zamonaviy institutsional yondashuvlari hamda amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. Globallashuv, raqamlashtirish va gender tengligi tamoyillari kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda ayollarning boshqaruv salohiyatini rivojlantirish davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida baholanmoqda. Maqolada rahbar ayollarning strategik fikrlash, samarali qaror qabul qilish, jamoani boshqarish, emotsional intellekt, kommunikatsiya, raqamli savodxonlik va masofaviy boshqaruv kabi asosiy kompetensiyalari tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur kompetensiyalarni rivojlantirishda mentoring va coaching dasturlari, institutsional qo‘llab quvvatlash tizimlari, gender siyosati, korporativ inklyuziv yondashuvlar hamda zamonaviy ta’lim va malaka oshirish mexanizmlarining o‘rni yoritilgan. Xalqaro tajriba va ilg‘or amaliyotlar asosida ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada taklif etilgan innovatsion va kompleks mexanizmlar rahbar ayollarning boshqaruv samaradorligini oshirish, gender tengligini ta’minlash hamda tashkilotlar raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.