KUTUBXONALARNI AVTOMATLASHTIRISH: ZAMONAVIY DASTURIY PAKETLAR TAHLILI
Abstract
Maqolada mahalliy hamda xorijda ishlab chiqarilgan “Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari” (AKAT), zamonaviy AKAT dasturiy paketlarining umumiy xususiyatlari hamda ulardan samarali foydalanish masalalari ko‘rildi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimlari (AKAT) haqida mulohazalar taklif etiladi. Hozirgi kunda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan turli dasturlar kutubxona faoliyatini avtomatlashtirishda keng qo‘llanilmoqda. Quyidagi "ARMAT++", "IRBIS", "MARK-SQL", "LiberMedia" va "Koha" kabi dasturlar kutubxona xodimlarini ish jarayonlarini еngillashtirishga yordam beradi. AKATlarning modulli strukturasiga asoslanganligi, ma’murlar va kutubxonachilarga o‘zaro aloqalar, xizmatlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Ushbu tizimlar kutubxonalararo hamkorlikni rivojlantirish, statistik ma’lumotlarni yig‘ish va hisobotlarni tayyorlashda yordam beradi. AKATlar kutubxonadagi samaradorlikni oshirib, informatika sohasidagi yangi yutuqlarni taqdim etishi asoslab berilgan.