VOLONTYORLIK HARAKATINING NAZARIY TAHLILI
##article.subject##:
volontyorlik, kirishimlilik, vijdonlilik, ijtimoiy faollik, altruizm, tolerantlik, empatiya, mas’uliyat, kommunikativlik, hayrixohlik, ijtimoiy ta’sirchanlik, profilaktik volontyorlik, donorlik##article.abstract##
Mazkur maqolada volontyorlik harakatining shaxslararo munosabatlarda va jamiyat hayotida egallagan o‘rni, volontyorlik harakatlarining muhim xususiyatlari, volontyorlik tushunchasi, volontyolik faoliyatinng asosiy tamoyillari, volontyorlik harakatida ishtirok etish uchun yosh chegaralari hamda volontyorlik turlari, insonlarning vo‘lontyorlik harakatlarida ishtirok yuzasidan dastlabki nuqtai nazarlar va nazariyalar tahlil etilgan. Volontyorlik faoliyatining maqsad va vazifalarini tahlil qilgan holda, volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas'uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratligi vaziflari esa qonunchilikda belgilangan tartibda atroflicha yoritilgan. Volontyorlik faoliyating tashkilotlar va insonlarga yordam ko‘rsatish turlari hamda qator olimlarning volontyorlik harakatlarini o‘rganishga qaratilgan qarashlari tahlil qilingan.
Библиографические ссылки
“Volontyorlik” bo‘yicha qo‘llanma. Matn: Uslubiy qo‘llanma /mualliflar jamoasi.-Toshkent: Zarvaraq nashiriyoti, 2021. – 56 b.
Ganieva Marifat Xabibovna, Latipova Nodira Muxtarjanovna, Qayumov Qahramon Nozimjonovich, Ahmedov Qahramon Abdulxamid o‘g‘li. Volontyolar uchun trening. Uslubiy qo‘llanma – Toshkent.: O‘zMU 2020. – 104 b.
«Orzular ushaladi» jamg‘armasi, http://www.japanese-page.kiev.ua/rus/help_the_project_who_are_volunters.htm
Zapisnaya knijka volontera. — Ufa: Alfa-reklama, 2014. – 92 s.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi rezolyusiyasi A/RES/56/38 (2001g.)
“Ko‘ngillilar – qadrli manba qo‘llanmasidan. – Moskva Olchman, – P. Djordan. Djon Xopkins universiteti, 1997.
Perm hududiy xuquqni himoya qilish markazi (PRPS), http://www.prpc.ru/met_nko/060613_1.shtml.
Ilin Ye. P. Rag‘bat va sabablar / Ye.P. Ilin. – SPb.: Piter, 2011. – 413 b.