TASHQI MIGRATSIYA JARAYONLARIDA IJTIMOIY MOBILLIKNI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

##article.authors##

  • Mо‘minоv Zоkirjоn

##article.subject##:

tashqi migratsiya, ijtimoiy mobillik, transformatsion yondashuv, vertikal mobillik, qaytgan migrant, iqtisodiy farovonlik, reintegratsiya, ijtimoiy strukturaviy o‘zgarishlar

##article.abstract##

Mazkur maqolada tashqi migratsiya jarayonlarining O‘zbekistonda ijtimoiy mobillik shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Migratsiya natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy maqom o‘zgarishi, iqtisodiy barqarorlik, kasbiy malaka orttirish va madaniy integratsiya jarayonlari chuqur o‘rganiladi. Ayniqsa, tashqi mehnat migratsiyasi orqali o‘zining ijtimoiy holatini yaxshilagan shaxslar va ularning oilalari misolida vertikal va gorizontal ijtimoiy mobillik holatlari empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Viloyatlar kesimidagi statistik tafovutlar, qaytgan migrantlarning reintegratsiyasi hamda transformatsion yondashuv doirasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy strukturaviy o‘zgarishlar ushbu tadqiqotning asosiy e’tibor markazida turadi. Migrantlar xorijda nafaqat moddiy resurslar, balki ijtimoiy va madaniy kapital to‘plashadi. Ular xorijiy tillarni o‘rganadi, zamonaviy xizmat ko‘rsatish, moliyaviy savodxonlik va mehnat madaniyati bilan tanishadi. Qaytgan migrantlar mahalliy jamiyatda ikki tomonlama bosimga uchrashi mumkin: bir tomondan ular yuqori iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lsa-da, boshqa tomondan mahalliy ijtimoiy tuzilmalar ularni qabul qilishga tayyor emasligi, bu borada yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biridir.

Библиографические ссылки

Copoкин П.A. Coциaльнaя cтpaтификaция и мoбильнocть / П.A.Copoкин // Челoвек. Цивилизaция. Oбщеcтвo. – М.: Пoлитиздaт, 1992. – C.295-425.

Bourdieu P. (1986). The Forms of Capital.

Giddens A. (1991). Modernity and Self-Identity. Polity Press.

Granovetter M. (1973). The Strength of Weak Ties. American Journal of Sociology, 78(6), 1360–1380.

Kurayev I.Yu. Ijtimoiy harakatchanlik va o‘tish tarixiy davr: sabab yoki oqibati // Gumanitar va tabiiy fanlarning dolzarb muammolari. 2012-yil. № 3.

Perevedentsev V.I. Aholi migratsiyasini o'rganish usullari / V.I. Perevedentsev // SSSR Fanlar akademiyasi, Xalqaro mehnat harakati instituti. – M.: Nauka, 1975. – B. 107-108 .

International Organization for Migration (IOM).

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi. https://kun.uz/news/2024/09/11 .

Norov V. Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari amaliy, dolzarb hamda zamonaviy xarakterga ega. // “Xalq so’zi”, 2020-yil 27 oktyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisobotlari, 2020-2024-yillar.

Muminov Z. The impact of external migration on social mobility: a sociological analysis. Science and innovation international scientific journal Volume 4 ISSUE 5 may 2025. P-15-17/ https:/doi.org/10.5281/zenodo.15458532.

Загрузки

##submissions.published##

2025-09-04