GO‘ZALLIK KATEGORIYASI VA UNING O‘ZBEK ETNOMADANIYATIDAGI O‘RNI
##article.subject##:
estetika, kategoriya, san’at, go‘zallik, xunuklik, badiiy ijod, etnomadaniyat, xalq ijodi, xalq, o‘zbek##article.abstract##
Xalq, o‘zining tarixiy-madaniy paradigmasiga ega millat faqat utilitar maqsadlari bilan chegaralanib qolmaydi, u yon-atrofini, hayotini go‘zallik qonunlariga va talablariga muvofiq qayta qurishni, takomillashtirishni ham istaydi. Go‘zallik – bu hissiy jihatdan o‘ylangan shaklning namunasi bo‘lib, boshqa estetik kategoriyalar unga muvofiq ko‘rib chiqiladigan ideal. U estetikaning bosh kategoriyasi hisoblanadi.
Etnomadaniyatni estetika nuqtai nazaridan baholagandagina uning haqiqiy mohiyati, funksional ahamiyati, sotsium va inson taraqqiyotidagi o‘rnini obyektiv, to‘liqroq, chuqurroq anglash mumkin. Estetikaning mezonlari, usullari etnomadaniyatning mazmunidan, uning tarkibiy qismiga aylangan ijod namunalaridan, artefaktlari va an’analaridan izlanadi. Xalq ijodi va san’atidagi soddalik, ravon tilda gapirish, an’anadagi iboralar, didaktik pand-nasihatlar ham mohiyatan go‘zaldir. Ularda mazmun bilan shakl, mohiyat bilan ifoda bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etadi. Ma’lumki, mazmun bilan shakl, butun bilan qism, kichik bilan katta mutanosib, uyg‘un kelishini Aristotel go‘zallik nishonasi deb bilgan. Uning konsepsiyasiga muvofiq go‘zallik garmoniyadadir. Mazkur maqolada go‘zallik kategoriyasi, uning o‘zbek etnomadaniyatidagi o‘rni tadqiq etilgan. Shuningdek, tabiatda ham, ijtimoiy hayotda ham go‘zallik kabi xunuklikning ham bo‘lishi, ammo ushbu ambivalent hodisalar har doim ham yonma-yon kelmasligi ta’kidlangan.
Библиографические ссылки
https://www.krugosvet.ru/enc/gumanitarnye_nauki/filosofiya/ESTETIKA. html
Герасимова И.А. Принцип красоты в науке // Эпистемология & Философия науки. 2011. Т.ХХХ. № 4. –С.116-132. / https://cyberleninka.ru/article/n/printsip-krasoty-v-nauke/viewer
Sher A., Husanov B. Estetika. –Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. –114-115 b.
https://studfile.net/preview/5283715/page:12/
Соловев В.С. Философия искусства и литературная критика. –М.: Искусство, 1991. –33 с.
Umarov E. Estetika (Nafosatshunoslik). –Toshkent: O‘zbekiston, 1995. –110 b.
Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e’tiqod va marosimlari. –Toshkent: A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. –B. 195-218.
Arastu. Poetika (Nafis san’atlar haqida), Axloqi kabir (Katta axloq kitobi), Ritorika (Xitoba). –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2012. –41 b.