JAMIYAT HAYOTIDA KAMBAGʻALLIK IJTIMOIY HODISASI KOʻLAMINI QISQARTIRISHDA MEHNAT TARBIYASINING AHAMIYATI

##article.authors##

  • Danabayev Xurshid Napasovich

##article.subject##:

Kambagʻallik fenomeni, mehnat tarbiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar, moddiy va maʼnaviy ehtiyojlar, aqliy va jismoniy imkoniyatlar, mehnatning ijtimoiy ahamiyati

##article.abstract##

Mazkur maqolada mehnat tarbiyasining kambagʻallik fenomenini kamaytirishdagi muhim ahamiyati xususida fikr yuritiladi.  Kambagʻallikni keltirib chiqarayotgan shaxsiy xususiyatdagi sabablarni bartaraf etish imkonini beradigan omillar talaygina. Biroq ular orasida mehnat tarbiyasi markaziy oʻrin tutadi. Chunki kambagʻallikdan qutulishni istagan jamiyat aʼzosi avvalo mehnat qilishni istamogʻi, mehnat qilmogʻi, samarali mehnat qilish sirlarini bilmogʻi kerak. Shuni inobatga olgan holda biz bu oʻrinda mehnat tarbiyasining mazmuni, maqsadi va vazifalari, uni takomillashtirish yoʻllariga alohida toʻxtalishni maqsadga muvofiq deb topdik. Mehnat insonning turli neʼmatlarni yaratish orqali moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan faoliyat turini anglatadi. U insonning asosiy hayotiy faoliyati hisoblanadi. Mehnat nafaqat jamiyat va uning aʼzolari uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni yaratadi, balki shaxs eʼtiqodi, fazilatlari va hayotiy pozitsiyasini shakllantiradi, uning turmush tarzini belgilab beradi. Lekin odam bolasining har qanday saʼy-harakati mehnat sifatida taʼriflanavermaydi. Anglangan va maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirilgan, muayyan natija bilan yakunlangan va ijtimoiy ahamiyatga molik saʼy-harakatlargina mehnat deb tan olinishi mumkin. Biror bir maqsadga yoʻnaltirilmagan, mahsuldor boʻlmagan, jamiyat uchun ahamiyat kasb qilmaydigan yumush mehnat boʻlavermaydi.

Библиографические ссылки

Гидденс Э. (1992). Стратификация и классовая структура // Социологические исследования. (№ 9. – С.112-123).

Просалкова Yu.V., Хамрақулова X.D. (1992). Кутубхона ва ёш китобхон. (Т.:Ўқитувчи, - Б.67).

Макаренко A.S. (1957). Воспитание в труде. // Сочинения. (Б 7 т.- М., T.4.- С.404).

Саъдий М., Отабоев А. (2007).“Бозор адабиёти” ёхуд бадиий сўз масъулияти.// Ўзбекистон адабиёти ва санъати. (2007, 12 январь).

Спенсер Г. (1878). Описательная социология или группы социологических фактов, классифицированные и распределенные Г. Спенсером.(- Киев,1878).

Прудон П.Ж. (1908). Бедность, как экономический принцип. (- М.: Посред-ник, 1908).

Чернетсов П.И. (2001). Трудолюбие как социално-педагогическая проблема. Методологические основы его воспитания. (Вестник Челябинского государственного университета, №1.-С. 13-31).

Мажбурий меҳнатдан огоҳ бўлинг.// mehnat.uz.- B.5.

Загрузки

##submissions.published##

2023-12-09

##issue.issue##

##section.section##

Статьи