IJTIMOIY TARAQQIYOTDA DISKURS VA MA’NO TRANSFORMATSIYASINING KOMMUNIKATIV MEXANIZMLARI
##article.subject##:
diskurs, ma’no transformatsiyasi, kommunikatsiya, ijtimoiy taraqqiyot, axborot makoni, interpretatsiy##article.abstract##
Zamonaviy jamiyat taraqqiyotida kommunikatsiya jarayonlari
tobora murakkablashib, diskurs va ma’no о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir dinamik xarakter
kasb etmoqda. Ayniqsa, globallashuv, raqamli texnologiyalar va axborot
makonining kengayishi natijasida ma’nolar transformatsiyasi jamiyatning ijtimoiy,
siyosiy va madaniy rivojiga bevosita ta’sir kо‘rsatmoqda. Bu jarayonda diskurs
nafaqat axborot almashinuvi vositasi, balki ma’noni shakllantiruvchi va qayta
qurishga xizmat qiluvchi muhim kommunikativ mexanizm sifatida namoyon
bо‘ladi. Biroq, mavjud ilmiy tahlillarda diskurs va ma’no transformatsiyasining
kommunikativ mexanizmlari yetarlicha tizimli о‘rganilmagani, ayniqsa, ularning
ijtimoiy taraqqiyotga ta’siri, axborot muhitida ma’nolarning manipulyatsiyasi va
interpretatsiyasi bilan bog‘liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Shu bois,
ushbu maqolada ijtimoiy taraqqiyotda diskurs va ma’no transformatsiyasining
kommunikativ mexanizmlari, ularning shakllanish omillari, funksional
xususiyatlari hamda jamiyatdagi axborot almashinuvi va ijtimoiy munosabatlarga
ta’siri har tomonlama ochib berilgan.