ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MAJNUN” ASARIDA XOTIN-QIZLARNI O‘QITISH VA GENDER TENGLIGIGA E’TIBOR BERISH MASALALARI

##article.authors##

  • Shahlo RAHMONOVA

##article.subject##:

Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Layli, Qays, bilim, ilm, kasb-hunar, maktab, ustoz, ayollar gender tengligi

##article.abstract##

Alisher Navoiy “Layli va Majnun” asarida xotin-qizlar obrazini yorqin bo‘yoqlar orqali ifodalagan. O‘zining boshqa xamsanavis salaflaridan farqli o‘laroq ayollarga ijobiy qarashlarini, ularning jamiyatdagi o‘rnini aks ettirgan. Xotin-qizlarga buyumdek, qimmatbaho toshdek emas, balki ularga bilim olish orqali jamiyatga hissa qo‘shadigan davlat arbobi darajasidagi xotin-qizlar sifatida ijobiy baho beradi. Navoiy ushbu asarida qizlarning ta’lim olishiga ham katta e’tiborini qaratgan. Ayniqsa ilm, kasb-hunar egallashida o‘g‘il-qizlarning tahsil olishi uchun maktab ta’limi kerakligini bildirgan. Navoiy asarida o‘g‘il-qizlarning bir maktabda o‘qishi, birga sayr qilishini tasvirlash orqali ularning teng huquqlarini himoya qilgan. Maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa”asaridagi “Layli va Majnun” dostonida qizlarning bilim egallashi va gender tenglik masalasi bugungi davr bilan hamnafas ekanligi tahlil qilingan.

Библиографические ссылки

Abdurahmon Jomiy. Solomon va Absol. – Toshkent, 2018.

Alisher Navoiy. Layli va Majnun. – Toshkent, 1991.

Alisher Navoiy. Xamsa. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2014.

Jahon adabiyoti. Adabiy-badiiy, ijtimoiy-publitsistik jurnal, 2021, 35-bet.

Madayev O. Navoiy suhbatlari. – Toshkent, 2018.

Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent, 1976.

Alisher Navoiy. Xamsa. Layli va Majnun. – Toshkent: Fan, 1992.

Matkarimova G. Ayol huquqlari. – Toshkent, 1999.

O‘zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik. 2-tom. – Toshkent, 1972.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2005.

Загрузки

##submissions.published##

2023-04-18

##issue.issue##

##section.section##

Статьи