“XAMSA” DOSTONLARI MUQADDIMALARI ONTOLOGIK TALQINI
##article.subject##:
tanzih-taqdis, ontologik poetika, islom tafakkuri, qarama-qarshi ma’noli timsollar, germenevtik talqin modeli##article.abstract##
Maqolada Alisher Navoiy asarlariga ontologik yondashuv badiiy matn, uning muallifi dunyoqarashi o‘z aksini topgan matnosti botiniy ma’nolarini yuzaga chiqarishda samarali obyektiv natija berishi tahlil qilingan. Badiiy matn ayni inson tafakkurining in’ikosidir. Olam aynan inson idrokida namoyon bo‘ladi. Maqolada Alisher Navoiy asarlari ontologik qatlamiga murojaat etildi, shoir irratsional idroki, dunyoqarashi hamda ontologik muammolar o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligi nuqtai nazaridan yondashildi, chunki shaxs dunyoqarashi tizimi va uning ijodiyoti mahsuli o‘zaro bog‘liq yaxlit hodisadir. O‘zbek mumtoz adabiyotining islom aqidaviy g‘oyalariga asoslangan jozibali hamda murakkab ifoda uslublarini tahlil etish, uning zohiriy va botiniy qatlamlaridagi ma’nolarning o‘zaro zid qurilishini, muroqaba va mushohada tajribasini talqin etish, germenevtik modelini belgilash matn poetikasiga ontologik yondashishni taqozo etadi. Ijodkorning ontologik tafakkuri darajasini belgilovchi islomiy talqin mezonlari (tanzih-tashbih, tanzih-taqdis) asosida badiiy matn tahlili amalga oshirildi. Ma’lumki, islom olami mutafakkirlari nazariy qarashlari asl-far’, zohir-botin, tanzih-tashbih, lafz-ma’no, nasr-nazm kabi juftliklar asosida ifodalanadi. Badiiy matnga ontologik yondashuv matniy tizim qismlarini birlashtirib, islomiy tafakkur shaklining badiiy in’ikosi mazmunini obyektiv talqin etish imkonini beradi. Maqolada Alisher Navoiyr taxayyuli sarhadlariga e’tibor qaratildi, shoir asarlaridagi nuqta va pargor, nuqta va doira, bahri muhit va jazira, nazm (jam’) va nasr (parishon, oshufta, tafriqa), daftar va varaq, quyosh va zarra (yoki partav), sham va parvona kabi juft majoziy timsollarning mavjudlik muammolariga ishora qilishi tahlil qilindi.
Библиографические ссылки
“Рассыпанное и собранное: стратегия организации смыслового пространства в арабомусульманской культуре. (2015). / Отв.редактор Смирнов A.В. – Москва: OOO «Садра».
Alisher, Navoiy. (2011). To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 1-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom.
Alisher, Navoiy. (2011). To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 2-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom.
Alisher, Navoiy. (2011). To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 3-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom.
Alisher, Navoiy. (2011). To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 4-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom.
Alisher, Navoiy. (2011). To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 5-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom.
Alisher, Navoiy. (2011). To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik: 6-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom.
G‘azzoliy, Abu Homid ibn Muhammad. (2014). Ihyoyi ulum ad-din. Toshkent: Islom universiteti.
Ruzmanova, R. (2021). Аlisher Navoiy g‘azalları ta’sırıda yozilgan 33 nazira. Alisher Navoiy Xalqaro jurnal, (1), 205-210.
Ruzmanova, R.U. (2020). Naziranavislik an’analari haqida. So‘z sana’ti xalqaro jurnali, 3-jild, 2-son, 158-165.
Sirojiddinov, Sh. (2011). O‘zbek mumtoz adabiyotining falsafiy sarchashmalari/ Monografiya. –Toshkent: Yangi asr avlodi.
Sirojiddinov, Sh. (2011). She’riyatda inson ruhiy kamoloti. – Samarqand: Zarafshon.
Sultanov, T.I. (2017). Navoiyning «bo‘ldum sanga» radifli g‘azaliga Kishvariy taxmisi. O‘zbekistonda xorijiy tillar» ilmiy-metodik elektron jurnal, №2(25), 174-183.
Sultanov, T.I. (2021). Alisher Navoi Century and Prose in Almaz Ulviy Research. International Journal of Alisher Navoi, 1(2), 166-171.