ALISHER NAVOIY VA KOMRON MIRZO G‘AZALLARI TARJIMASI
##article.subject##:
tarjima, g‘azal, Alisher Navoiy, asliyat, she’riy tarjima##article.abstract##
Hozirda ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodi namunalari jahon adabiyotida keng o‘rganilib, bir qator asarlari mohir tarjimonlar tomonidan turli tillarga tarjima qilinmoqda. Ustoz I.K.Mirzayev ham uzoq yillardan buyon tarjimashunoslik sohasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mohir poliglot olim va tarjimonlardan hisoblanadi. Tarjima san’ati o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, she’riy tarjimani mahorat bilan amalga oshirishning xos xususiyatlari, qofiya, radif, mazmunni asl matndagidek ifodalay olish tarjimondan katta bilim, so‘z boyligi va tajriba talab qiladi. Quyida I.K.Mirzayev tomonidan fransuz tiliga tarjima qilingan Alisher Navoiy va Komron mirzo g‘azallaridan namunalar tarjimasi aziz o‘quvchilar e’tiboriga havola qilindi.