ETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNI JOYLASHTIRISH SHAKLLARINING HUQUQIY VA INSTITUTSIONAL ASOSLARI
##article.subject##:
yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, vasiylik va homiylik, patronat, farzandlikka olish, ijtimoiy himoya, bola huquqlari, ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy jazo##article.abstract##
Mazkur ilmiy maqolada yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish tizimi va uning amaldagi shakllari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mazkur sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, ularning mazmuni, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan so‘nggi yillardagi institutsional va qonunchilik islohotlarining ahamiyati ochib beriladi. Maqolada vasiylik va homiylik, tarbiya (patronat)ga berish hamda farzandlikka olish kabi muqobil joylashtirish shakllari muassasaviy parvarish shakllari bilan qiyosiy tahlil qilinib, oilaga asoslangan joylashtirishning bolalar manfaatlarini ta’minlashdagi huquqiy va ijtimoiy jihatlari asoslab beriladi. Shu bilan birga, bolalarni oilaviy muhitga yaqin sharoitda tarbiyalash ularning ijtimoiy moslashuvi va barkamol rivojlanishida muhim omil ekanligi yoritiladi. Bundan tashqari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining vasiylik va homiylik organi sifatidagi o‘rni, shuningdek, Ijtimoiy inspeksiyaning bolalar huquqlarini himoya qilish, qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan jazo choralarini qo‘llash vakolatlari va javobgarlik mexanizmlarini amalga oshirish tahlil qilinadi.
Библиографические ссылки
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023 (Constitution of the Republic of Uzbekistan. – Tashkent, 2023.).
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. – Toshkent, amaldagi tahrir. (Family Code of the Republic of Uzbekistan. – Tashkent, current edition.)
O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. (Law of the Republic of Uzbekistan “On Guardianship and Patronage” // Collection of Legislation of the Republic of Uzbekistan)
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. (Law of the Republic of Uzbekistan “On Guarantees of the Rights of the Child” // Collection of Legislation of the Republic of Uzbekistan)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF–82-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated June 1, 2023 No. PF-82 “On Measures to Radically Reform the System of Social Protection of the Population”).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026–2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF–256-son Farmoni. (Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated December 24, 2025 No. PF-256 “On Approval of the Strategy for Protecting Children from All Forms of Violence for 2026–2030”)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. (Resolution of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan dated December 27, 2024 No. 893 “On measures to improve the forms of placement of orphans and children deprived of parental care”.)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi 294-son “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi qarori. (Resolution of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan dated May 5, 2025 No. 294 “On the procedure for identifying orphans and children deprived of parental care and providing them with social assistance”)
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. (Code of the Republic of Uzbekistan on Administrative Responsibility)
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni. (Law of the Republic of Uzbekistan “On amendments and additions to certain legislative acts of the Republic of Uzbekistan in connection with further improvement of the system of social protection of the population”)
Abdullayev A. A. Ijtimoiy himoya huquqi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar nashriyoti, 2021. (Abdullayev A. A. Social protection law: theory and practice. – Tashkent: Publishing House of Legal Literature, 2021)
Rahmonov F. B. Bolalar huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari. – Toshkent, 2020. (Rahmonov F. B. Legal mechanisms for protecting children's rights. – Tashkent, 2020)
Xodjayev Sh. M. Ijtimoiy xizmatlar tizimi va uning huquqiy asoslari. Yuridik fanlar axborotnomasi. – 2022. – №2. (Khodjayev Sh. M. The system of social services and its legal foundations. Newsletter of Legal Sciences. – 2022. – No. 2.)
UNICEF. Alternative Care for Children: Guidelines and Policy Framework. – New York, 2019.
United Nations. Guidelines for the Alternative Care of Children. – UN General Assembly Resolution, 2010.
European Commission. Deinstitutionalisation of Child Care Systems in Europe. – Brussels, 2018.