BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING 4 K KOMPETENSIYALARINI RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA RIVOJLANTIRISH
##article.subject##:
4K kompetensiyalar, raqamli ta’lim muhiti, kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, kommunikativlik, hamkorlik, pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim##article.abstract##
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning 4K kompetensiyalarini raqamli ta’lim muhiti asosida rivojlantirishning nazariy-pedagogik asoslari yoritilgan. XXI asr ta’lim tizimida kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, kommunikativlik hamda hamkorlik kompetensiyalarini shakllantirish zamonaviy pedagog tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, elektron ta’lim platformalari, multimedia vositalari va interaktiv metodlarning bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada raqamli ta’lim muhitining pedagogik imkoniyatlari, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonining samaradorligi hamda 4K kompetensiyalarining pedagogik faoliyatdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Muallif tomonidan loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar va masofaviy ta’lim vositalarining kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli pedagogik muhitni rivojlantirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Библиографические ссылки
N.A. Muslimov. Kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasi. – Toshkent, 2016.
M. Ochilov. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan, 2019.
B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2017.
R.H. Djurayev. Ta’lim menejmenti va pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2020.
Partnership for 21st Century Learning. Framework for 21st Century Learning. – Washington, 2019.
UNESCO. Education in a Digital World. – Paris, 2021.
Lev Vygotskiy. Tafakkur va nutq. – Moskva: Pedagogika, 1999.
John Dewey. Demokratiya va ta’lim. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.