O‘ZBEKISTONDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARINI JORIY ETILISHINING KORXONALARNING FOYDA SOLIG‘IGA TA’SIRI MASALALARI

##article.authors##

  • Nao‘betova Ziyada Niyet qizi

##article.subject##:

MHXS, foyda solig‘i, buxgalteriya hisobi, BHMS, soliq kodeksi, daromadni tan olish

##article.abstract##

Ushbu maqolada O‘zbekistonda Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MHXS)ni joriy etishning foyda solig‘i hisob-kitoblariga ta’siri atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida MHXS va milliy buxgalteriya standartlari (BHMS) o‘rtasidagi farqlar, daromadlar va xarajatlarni tan olish mezonlari, shuningdek, bu tafovutlarning soliqqa tortiladigan bazaga bo‘lgan ta’siri ochib beriladi. Maqolada, shuningdek, soliq organlari va korxonalar o‘rtasidagi munosabatlar, transformatsiya qoidalari, soliq nizolari riski va xalqaro investorlar ishonchi nuqtai nazaridan muhim xulosalar chiqariladi. Muallif tomonidan soliq qonunchiligini MHXSga muvofiqlashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan.

Загрузки

##submissions.published##

2025-11-18