RAQAMLI DAVRDA MADANIY MEROSNI SAQLAB QOLISH
##article.abstract##
Ushbu maqolada raqamli davrda madaniy merosni saqlab qolish jarayonida kutubxonalarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Kutubxonalarning raqamli transformatsiyasi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar asosida amalga oshirilayotgani, shu orqali axborot-kutubxona muassasalari media va raqamli savodxonlik markaziga aylanayotgani yoritiladi. Shuningdek, madaniy merosni raqamlashtirish va uning global axborot makonida saqlanishi, ilmiy kommunikatsiya va ta’lim muhitida kutubxona resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada kutubxonalarning raqamlashtirish sharoitidagi ijtimoiy missiyasi — axborotga ochiqlik, teng imkoniyatlar va inklyuzivlik tamoyillariga asoslangan holda raqamli madaniyatni rivojlantirishdagi roli alohida e’tiborga olinadi. Tadqiqot natijalari kutubxona sohasi mutaxassislari va ilmiy jamoatchilik uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.