VIRTUAL (ELEKTRON) KUTUBXONA XIZMATI
Аннотация
Mazkur maqolada elektron kutubxona tushunchasi, uning yaratilishi va rivojlanishining tarixiy asoslari, hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan bog‘liq afzalliklari keng yoritilgan. Elektron kutubxonalarning asosiy maqsadlari, jumladan, axborot xizmatlarini takomillashtirish, foydalanuvchilar sonini oshirish va axborotga yetkazib berishdagi cheklovlarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtual kutubxona xizmatining turlari, foydalanuvchilar va kutubxonachilar o‘rtasidagi muloqot xususiyatlari, va bu xizmatlardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Foydalanuvchilarga axborot yetkazishda virtual usullar (chat, elektron pochta, SMS) va ularning qulayliklari ham muhokama qilingan. Ushbu maqola virtual kutubxona xizmatini tashkil etish va uni takomillashtirishga oid amaliy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.