AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARI MEDIA VA RAQAMLI SAVODXONLIK MARKAZI SIFATIDA
Abstract
Ushbu maqola axborot-kutubxona muassasalarining zamonaviy rolini o‘rganadi, xususan, ularning media va raqamli savodxonlik markazi sifatidagi ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada kutubxonalar faqat axborot manbalarini saqlash joylari bo‘lmasdan, foydalanuvchilarni media va raqamli savodxonlikka o‘rgatish markazlariga aylanishi kerakligi ta’kidlanadi. Kutubxonalarning media savodxonligi va raqamli ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan xizmatlaridan, shuningdek, innovatsion texnologiyalarning kutubxonalarga integratsiya qilish jarayonlaridan so‘z boradi. Maqola dunyo bo‘yicha kutubxonachilikda joriy etilgan yangi metodlar va ularning ijtimoiy rivojlanishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib beradi. Ushbu tahliliy ish ilmiy-uslubiy ahamiyatga ega bo‘lib, kutubxonalar tizimidagi zamonaviy o‘zgarishlarni, axborot texnologiyalarining roli va jamiyatda raqamli savodxonlikni rivojlantirishdagi o‘rinlarini keng ko‘lamda o‘rganadi.