AMBULATOR DAVOLASH BOSQICHIDA SEFALOSPORIN GURUHI ANTIBAKTERIAL PREPARATLARINI QO‘LLASHDAGI TIBBIY XATOLAR

##article.authors##

  • Niyaziva Feruza Nematova
  • Liverko Irina Vladimirovna

##article.subject##:

antibakterial dori vositalar, sefalosporinlar, tibbiy xatolar, farmakonazorat, xavfsizlik, аntimikrob dori vositalarga chidamlilik

##article.abstract##

Nafas olish patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda sefalosporin guruhi (SF) antimikrob dori-vositalarini buyurishda sodir bo‘lgan tibbiy xatolarning strukturasini o‘rganish uchun 2019-2020 yillardagi 381 nafar bemorlarning ambulator kuzatuv kartalaridan antimikrob dorilarni qo‘llash to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘chirildi.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiy hujjatlarni tahlil qilish  sefalosporinlardan (60,3%) juda ko‘p foydalanilganligini ko‘rsatib va bu bir qator tibbiy xatolar bilan birga kechganligi aniqlandi.

Sefalosporin guruhi antibiotiklaridan foydalanish bilan bog‘liq tibbiy xatolar: ko‘rsatmalar bo‘lmagan taqdirda/yoki ro‘yxatdan o‘tmagan ko‘rsatma bo‘yicha, 57,8% ni tashkil qiladi, bu yerda ular qo‘shimcha klinik tushuntirishlarsiz va tekshiruvsiz ishlatilgan, 42,9% hollarda astma bilan og‘rigan bemorlarni davolashda, 50,0% - O‘RVI bilan va 3,6% -o‘pka sarkoidozi bilan og‘rigan bemorlarga ishlatilgan. Tibbiy xatolarning 26,6% dori vositasi doza rejimining turli xil buzilishlari bilan bog‘liq, shu jumladan sefalosporinlarni 6,2% da ishlatish chastotasiga rioya qilmaslik, 1,6% ularning tavsiya etilgan dozasidan yuqori doza berilishi, antibiotikni past dozada ishlatilishi  2,1% va 7,9% hollarda terapiyaning uzoq davomiyligi qayd etildi. Antibiotiklardan foydalanishning noto‘g‘ri taktikasi bilan bog‘liq tibbiy xatolar 15,6% ni tashkil qildi, yaʼni antimikrob dori vositalarining samarasizligi kuzatilganda 5,2% hollarda antimikrob terapiya rejimining notug‘ri o‘zgartirilishi, ularning samarasizligi kuzatilganda  5,7% hollarda o‘z vaqtida boshqa antimikrob dori vositasiga o‘zgartirmaslik va  davolash rejimining noto‘g‘ri taktikasini tanlash  4,7%ni tashkil qildi.

Antimikrob dori vositalaridan foydalanish tizimida farmakovnazorat choralarini kuchaytirish, antimikrob dori vositalarini qo‘llashda tibbiy xatolarni tahlil qilish, antimikrob dori vositalarini noto‘g‘ri ishlatish natijasida barcha nojo‘ya reaksiyalar holatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish dori terapiyasining samaradorligi va xavfsizligini oshiradi va shu bilan tibbiy yordam sifatini yaxshilaydi va аntimikrob dori vositalarga chidamliligini yengishga yordam beradi.

Библиографические ссылки

Андреева И.В., Стецюк О.У. Аллергия на антибиотики у детей: кто виноват и что делать? //Педиатрическая фармакология. 2012:10(6).:4252.

Белоусов Ю.Б., Кукес В.Г., Лепахин В.К., Петров В.И. Клиническая фармакология: Национальное руководство. М.: ГЭОТАР-Медиа. 2014.:398.

Козлов С.Н., Страчунский Л.С. Современная антимикробная химиотерапия: руководство для врачей. М., 2009.:448.

Хамитов Р.Ф., Визель А.А., Амиров Н.Б., Потапова М.В., Лысенко Г.В. Клинические рекомендации по диагностике и лечению внебольничных пневмоний у взрослых. Казань, 2011.:28-41.

Council of Europe Expert Group on Safe Medication Practices. Creation of a better medication safety culture in Europe: Building up safe medication practices 2006.

Geppe N.А., Snegotskaya М.N., Evdokimov Е.М. Community-acquired pneumonia. Aiagnostika-i-Lechenie// Praktika-Pediatra.: 2005.-(10): 3-5.

Guidelines-Nadlezhashchej-praktiki-farmakonadzora-terminy-iopredeleniya-proekt redakciya-ot-06-11-2014-soglasovana-RB-RK-RF. Available from URL: http://www.eurasiancommission.org/ru/act/texnreg/deptexreg/konsultComitet/Documents.

Quality of Care Patient Safety. WHO, 2002, Resolution EB,109,16. Available from: URL: http://www.who.int/iris/bistream/10665/79460/1/reb109r16.pdf.

WHO, 2012. Website. Available from URL: http://www.who.int/topics/classification/ru/

Загрузки

##submissions.published##

2022-10-07