EXINOKOKKOZNING MEDIKAMENTOZ TERAPIYASI

##article.authors##

  • MURTAZAEV Zafar Israfulovich
  • BAYSARIYEV Shovkat Usmonovich

##article.subject##:

exinokokkozni ximioterapiyasi, albendazol, o‘pka exinokokkozi, jigar exinokokkozi

##article.abstract##

Exinokokkozni medikamentoz terapiyasi natijalarini yaxshilash.

Material va metodlar: Kasallikning residivlanishini oldini olish maqsadida exinokokkoz bo‘yicha operatsiya qilingan 81 nafar (o‘pka exinokokkozi bilan 26 nafar, jigar exinokokkozi bilan 45 nafar va  o‘pka va jigarni qo‘shma exinokokkozi bilan kasallangan 8 nafar bemorlarga 3 kurs terapiya buyurildi) bemorga  mebendazol bilan ximioterapiya o‘tkazildi. 197 nafar bemorga (69 nafar o‘pka exinokokkozi, 107 nafar jigar exinokokkozi va 21 nafar o‘pka va jigarning ko‘shma exinokokkozi bilan kasallangan bemorlarga) 30 kun davomida sutkasiga 12 mg/kg dozada albendazol bilan 3 kurs ximioterapiya o‘tkazildi. 38 bemorga albendazol davolash maqsadida ishlatilgan.

Natijalar: Operatsiyadan keyingi davrda barcha bemorlarga ximioterapiya o‘tkazildi. 79 bemor 30-35 kun davomida mebendazolni tana vazniga nisbatan 40 ml/kg miqdorida qabul qilgan. 197 bemor 30 kun davomida tana vazniga nisbatan 12 ml/kg miqdorida albendazolni qabul qildi.

Mebendazol va albendazol preparatlarining antigelmintik samaradorligi dinamik ultrasonografiya va rentgen tekshiruvi nazorati asosida baholandi.

Amalga oshirilgan farmakoterapiyani baholash uchun JSST ekspertlari tomonidan taklif qilingan quyidagi parametrlardan foydalanish klinik amaliyotda eng maqbuli hisoblanadi (yaxshi va a’lo natijalar; qoniqarli natijalar; qoniqarsiz natijalar).

Jigar va o‘pkaning gidatid exinokokkozini albendazol bilan davolash samaradorligi 58,37% dan 82,23% gacha bo‘lgan, bemorlarning o‘rtacha 17,77% da residivlar qayd etilgan.

Xulosa: Bugungi kunda ham an’anaviy, ham miniinvaziv aralashuvlardan so‘ng albendazol bilan keyingi profilaktik ximioterapiyani izchillik bilan amalga oshirish zarurdir.

Библиографические ссылки

Bildik N, Cevik A, Altintas M, Ekinci H, Canberk M, Gülmen M. Efficiency of preoperative use of albendazole by month for hydatid cyst of the liver. J.Clin Gastroenterol. 2007; 41 (3): P. 312–316.

Halezeroglu S, Okur E. Surgical management for hydatid disease. Thorac Surg Clin 2012;22:375-85. 10.1016/j.thorsurg.2012.04.004

Keshmiri M, Baharvahdat H, Fattahi SH, et al. Albendazole versus placebo in treatment of echinococcosis. Trans R Soc Trop Med Hyg 2001;95:190-4. 10.1016/S0035-9203(01)90162-2

Larrieu E, Del Carpio M, Mercapide CH, Salvitti JC, Sustercic J, Moguilensky J, Panomarenko H, Uchiumi L, Herrero E, Talmon G, Volpe M, Araya D, Mujica G, Mancini S, Labanchi JL, Odriozola M. Programme for ultrasound diagnoses and treatment with albendazole of cystic echinococcosis in asymptomatic carriers: 10 years of follow-up of cases. Acta Trop. 2011;117:1

Shevchenko Yu. L., Nazirov F. G. Echinococcosis surgery.M.: Dinastiya, 2016. P. 244-255. (in Russ).

Todorov T, Vutova K, Donev S, et al. The types and timing of the degenerative changes seen in the cysts during and after benzimidazole treatment of cystic echinococcosis. Ann Trop Med Parasitol 2005;99:649-59. 10.1179/136485905X65125.

Usluer O, Kaya SO, Samancilar O, et al. The effect of preoperative albendazole treatment on the cuticular membranes of pulmonary hydatid cysts: should it be administered preoperatively? Kardiochir Torakochirurgia Pol 2014;11:26-9. 10.5114/kitp.2014.

Загрузки

##submissions.published##

2024-01-30