REPRODUKTIV ORGANLAR SARATONI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA PREKAХEKSIYA RIVOJLANISHINI SEKINLASHTIRISHDA MULTIMODAL TERAPIYANING SAMARADORLIGI
##article.subject##:
prekaheksiya, reproduktiv organlar saratoni, multimodal terapiya, yallig'lanish markerlar, tana massasini barqarorlash, hayot sifati##article.abstract##
Maqsad: Tuxumdon, endometriy va bachadon bo'yni saratoni bilan kasallangan IV bosqich bemorlarda prekaheksiya holatida kombinatsiyalangan davolash sxemasining yallig'lanish markerlariga va metabolik parametrlarga ta'sirini baholash. Material va metodlar: 2023-2024 yillarda 55 nafar ayol bemor uchun prospektiv kohort tadqiqoti o'tkazildi. Fearon mezonlariga muvofiq prekaheksiya tasdiqlanib, ECOG 1-2 darajasida bo'lgan bemorlar qabul qilindi. Terapiya sxemasiga tselekoksib (kuniga 400 mg), megestrol asetat (kuniga 320-480 mg), omega-3 yog' kislotalari (kuniga 2 g EPA), metformin (kuniga 1500-2000 mg) va nutritiv qo'llab-quvvatlash kirdi. Bemorlar 24 hafta davomida kuzatildi. Birlamchi yakuniy nuqtalar: S-reaktiv oqsil (SRO) darajasidagi o'zgarish, tana massasining barqarorlashuvi, FAACT shkalasi bo'yicha ishtahaning yaxshilanishi. Ikkilamchi parametrlar: interleukin-6, TNF-α, albumin, EORTC QLQ-C30 shkalasi, kaheksiyaning progressivlashuviga qadar o'tgan vaqt. Natijalar: 4-haftada SRO mediana qiymati 18,5 mg/l dan 14,2 mg/l gacha pasaydi (23,2% kamayish; p<0,001). 12 hafta davomida tana massasining barqarorlashuvi 22 bemorada (40,0%) kuzatildi. Ishtahaning yaxshilanishi 26 bemorada (47,3%) qayd etildi. Interleukin-6 24 haftada 34,9% ga kamayib (p<0,001), TNF-α esa 21,8% ga pasaydi (p<0,001). Albumin darajasi 32,1 g/l dan 35,1 g/l gacha ko'tarildi (p<0,001). EORTC QLQ-C30 bo'yicha umumiy salomatlik 42,3 balldan 53,8 ballga oshdi (p<0,001). Kaheksiyaning progressivlashuvi 18 bemorada (32,7%) davom etdi. 3-4 darajali noxush hodisalar 12,7% bemorlarda qayd etildi, asosan oshqozon-ichak buzilishlari. Xulosa: Multimodal terapiya prekaheksiyaning progressivlashuvini sekinlashtiradi, tizimli yallig'lanish markerlarini kamaytiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Biroq tana massasining ortishi cheklangan (20%) va kaheksiya progressivlashuvi uchinchi qismida davom etadi. Ushbu sxema qabul qilinadigan xavfsizlik profiliga ega bo'lsa-da, yanada samarali strategiyalar ishlab chiqish zarur.
Библиографические ссылки
Argilés, J. M., Busquets, S., Stemmler, B., López-Soriano, F. L. (2014). Cancer cachexia: understanding the molecular basis. Nature Reviews Cancer, 14(11), 754–762.
Fearon, K., Strasser, F., Anker, S. D., et al. (2011). Definition and classification of cancer cachexia: an international consensus. The Lancet Oncology, 12(5), 489–495.
Fearon, K. C., Voss, A. C., Hustead, D. S. (2012). Definition of cancer cachexia: effect of weight loss, reduced food intake, and systemic inflammation on functional status and prognosis. The American Journal of Clinical Nutrition, 83(6), 1345–1350.
Loprinzi, C. L., Gallo, A., Johnson, M. E. (2020). Management of cancer cachexia. Seminars in Oncology, 47(6), 386–393.
Muscaritoli, M., Anker, S. D., Argilés, J., et al. (2016). Consensus definition of sarcopenia, cachexia and pre-cachexia: joint document elaborated by Special Interest Groups (SIG) "cachexia-anorexia in chronic wasting diseases" and "nutrition in oncology" ESPEN. Clinical Nutrition, 29(2), 154–159.
Solheim, T. S., Laird, B. J., Balstad, T. R., et al. (2018). Cancer cachexia: rationale for the MENAC (Multimodal-Exercise, Nutrition and Anti-inflammatory interventions for Cachexia) trial. BMJ Supportive Palliative Care, 8(3), 258–265.
Tan, B. H., Fearon, K. C. (2016). Cachexia: prevalence and impact in medicine. Current Opinion in Clinical Nutrition and Metabolic Care, 11(4), 400–407.
Vigano, A., Donaldson, N., Hirose, T., et al. (2012). Diagnostic criteria for cancer cachexia: an international consensus. The Lancet Oncology, 13(9), e419–e429.
Shakhanova, S. S., & Rakhimov, N. M. (2025). The role of troponin and IL-6 in immunological assessment of sarcopenia in oncological patients. Central Asian Journal of Medical and Natural Science, 6(3), 1229-1233.
Shavkatovna S. S., Makhammatkulovich R. N., Ugli M. S. T. ASPECTS OF SARCOPENIA SYNDROME IN ONCOLOGICAL PRACTICE: DIAGNOSIS AND TREATMENT //The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research. – 2024. – Т. 6. – №. 02. – С. 16-25.
Shakhanova S. S., Abdurakhmonov J. A., Rakhimov N. M. Targeted therapy in the palliative treatment of platinum-resistant recurrent ovarian cancer complicated by ascites //The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research. – 2023. – Т. 5. – №. 08. – С. 77-81.
Jasim, S. A., Gupta, J., Uthirapathy, S., R, R., Kazmi, S. W., Rizaev, J. A., ... & Hosseen, B. (2025). A comprehensive review of immunotherapy in gastrointestinal tumors with a focus on the role of combination therapy with PARP inhibitors. Naunyn-Schmiedeberg's Archives of Pharmacology, 1-17.
Rizaev JA, Maeda H., Khramova NV Plastic surgery for the defects in the maxillofacial region after surgical resection of benign tumors //Annals of Cancer Research and Therapy. – 2019. – T. 27. – no. 1. – S. 22-23.
Rizaev Jasur , Norbutayev Alisher, Murtazayev Alisher . Modern methods for detecting oral cavity defects in hemoblastosis , detecting the degree of damage and prediction of the clinical current. Journal of Biomedicine and Practice. 2021, vol. 6, issue 5, pp. 45-51