BOSH MIYA PARENXIMA STRUKTURALARIDAGI PATOLOGIK JARAYONLARNI DIAGNOSTIKA QILISHDAGI INTEGRATIV MRTNING ROLI
##article.subject##:
magnit-rezonans tomografiya, neyrovizualizatsiya, diffuzion tensor tasvirlash, MR- spektroskopiya, perfuziya vazog'irligi, kvantitativ neyroradiologiya##article.abstract##
Maqsad: Magnit-rezonans tomografiyaning (MRT) zamonaviy protokollari asosida bosh miya parenximasidagi patologik jarayonlarni differensial diagnostika qilishda kvantitativ parametrlarning prognostik ahamiyatini aniglash. Material va metodlar: 2021-2025 yillar davomida 107 nafar bemorda prospektiv kohort tadqiqot o'tkazildi. Barcha sub'ektlar standart MRT protokoli (T1-WI, T2- WI, FLAIR, DWI, SWI) asosida tekshirildi. 92% hollarda gadoliniy asosidagi kontrast moddalar qo'llanildi. 23 bemorda MR-spektroskopiya, 19 bemorda MR-perfuziya va 13 bemorda diffuzion tensor tasvirlash (DTI) qo'llanildi. Kvantitativ tahli l uchun ADC (Apparent Diffusion Coefficient) qiymatlari, rCBV (relative Cerebral Blood Volume) va metabolit nisbatlari hisoblandi. Natijalar: MRT ning umumiy diagnostik anikligi 97.3% ni tashkil etdi. ADC qiymatlarining analizi metastatik lezyonlarni (0.72 ± 0.08 ×10⁻³ mm²/s) glioblastoma multiformedan (0.83 ± 0.11 ×10⁻³ mm²/s) ajratishda 94.2% sezgirlikka erishdi (p<0.001). rCBV qiymatlari meningiomalarda (8.3 ± 2.1) gliomalarga (5.2 ± 1.8) qaraganda sezilarli darajada yuqori bo'ldi (p<0.01). MR-spektroskopiyada Cho/NAA nisbatining 2.5 dan yuqori bo'lishi malign progressiyaning prognostik ko'rsatkichi sifatida 45.7% aniklikni namoyish etdi. Xulosa: MRT ning multiparametrik yondashuvi bosh miya parenximasidagi patologik jarayonlarni differensial diagnostika qilishda reproduktiv va kvantitativ metodologiyani taklif etadi. Kvantitativ MR parametrlar morfofunksional korrelyatsiyani o'rnatish va individual prognostik modellarni ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Библиографические ссылки
Galijačić N, et al. MR Spectroscopy in the Diagnosis of Brain Tumors: a comprehensive review.
Clin Neurol Neurosurg. 2021;207:106769.
Kono K, et al. The role of diffusion-weighted imaging in patients with brain tumors. AJNR Am J Neuroradiol. 2021;42(6):1001-1009.
Louis DN, et al. The 2021 WHO Classification of Tumors of the Central Nervous System: a summary. Neuro Oncol. 2021;23(8):621-1251.
Ostrom QT, et al. CBTRUS Statistical Report: Primary Brain and Other Central Nervous System Tumors Diagnosed in the United States in 2014-2018. Neuro Oncol. 2021;23(12 Suppl 2):iii1-iii105.
Park JE, et al. Radiomics and radiogenomics in gliomas: a contemporary update. Br J Radiol. 2021;94(1121):20200800.
Price SJ, et al. Diffusion tensor imaging for brain tumor characterization. Handb Clin Neurol. 2021;176:62-138.
Svolos P, et al. Investigating the connection between diffusion kurtosis tensor imaging and tumor cell density in gliomas. J Neurooncol. 2020;147(1):179-189.
Villanueva-Meyer JE, et al. Current Clinical Brain Tumor Imaging. Neurosurgery. 2017;81(3):397-415.
Yunusova, L., Aoyama, T., Amanullayev, R., Rizaev, J., Ikramov, G., Sakamoto, J., ... & Mamarajabov, S. (2021). Sonography and magnetic resonance tomography in monitoring of recurrent cysts lesions of the neck. Annals of Cancer Research and Therapy, 29(2), 131-134.
Yunusova, L., Rizaev, J., Aoyama, T., Mamarajabov, S., Djahangirova, D., Sakomoto, Y., & Olimjonov, K. (2021). Magnetic resonance imaging in the diagnosis of cystic lesions of the neck. Ann. Cancer Res. Ther, 29(1), 109-116.
Nodir RM, Shaxnoza SS, Farhod R. Development of new approaches in the treatment of metastatic renal cell carcinoma //Journal of research in health science. – 2020. – T. 5. – no. 4. – pp. 82-95.
Zhang J, et al. Perfusion MRI in the evaluation of meningiomas: current status and future directions. J Magn Reson Imaging. 2022;55(1):20-35. (in Uzb)