QIZILOʻNGACH UZUNLIGINI ANTROPOMETRIK KOʻRSATKICHLAR ASOSIDA BAHOLASHNING MATEMATIK MODELI

##article.authors##

  • BERKINOV Ulug'bek Bazarbayevich
  • ERMATOV Boratjon Raxmatovich

##article.subject##:

: qisqa qizilo`ngach, antropometrik ko`rsatkichlar, matematik model eng kichik kvadratlar usuli, regressiya tahlili qiziloʻngach uzunligining namunaviy qiymati, oʻrganilayotgan koʻrsatkichlar soni, koʻrsatkichlarning ogʻirlik koeffitsientlari, erkin a’zo

##article.abstract##

Maqsad: jinsni hisobga olgan holda antropometrik koʻrsatkichlar asosida qiziloʻngach uzunligini baholashning samarali integral xususiyatlarini ishlab chiqish. Tadqiqot materiallari va usullari: endoskopik tekshiruvdan oʻtgan 282 bemor va DQTCh boʻyicha jarrohlik amaliyoti qilingan 154 bemorning ma’lumotlar massivi ishlatilgan.  Dastlabki ma’lumotlarni kompyuterga kiritish uchun uni keyinchalik statistik qayta ishlash maqsadida bemorlarni tekshirishning maxsus kodlash xaritasi ishlab chiqilgan boʻlib, unga kasallikning natijasi va kechishi bilan bogʻliq 4 ta antropometrik koʻrsatkich kiritilgan.

Shu tarzda shakllangan ma’lumotlar massivini statistik qayta ishlash chiziqli boʻlmagan integral xususiyatlarni yaratish uchun asos boʻlgan eng informatsion koʻrsatkichlarni aniqlashga imkon berdi. Natijalar: Hisob-kitoblar IBM Pentium tipidagi shaxsiy kompyuterda STATISTICA-10 statistik dasturlar toʻplamidan foydalangan holda amalga oshirildi.

Aniqlash koeffitsientining qiymatlari olingan modellarning yuqori samaradorligini koʻrsatadi.   Bu tenglamalar asosida "jinsni hisobga olgan holda antropometrik koʻrsatkichlar asosida qiziloʻngach uzunligini ekspress baholash" (EODP-APUG. exe) dasturiy vositasi ishlab chiqildi. Unga Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasining mualliflik guvohnomasi olingan DGU №20419. Bu dastur asosida bemorlar jinsi va  antropometrik koʻrsatkichlarini  kompyeter formulasiga kiritilishi bizga qoʻlga kiritishimiz mumkin boʻlgan qiziloʻngach uzunligini oldindan hisoblab beradi. Xulosa: Dasturdan foydalanish asosida chin kalta qiziloʻngach holatlarni aniqlash imkoni paydo boʻldi, bu esa laparoskopik amaliyotlar sonini oshirdi

Библиографические ссылки

Алексеенко А.В., Рева В.Б., Соколов В.Ю. Выбор способа пластики при грыжах пищеводного отверстия диафрагмы. Хирургия. 2000; 10: 12-15. (12)

Жерлов Г.К. Структурные изменения стенки пищевода при гастроэзофагеальной рефлюксной болезни / Г.К. Жерлов, СВ. Козлов, Н.С. Рудая и др. // Мед. визуализация. 2005. № 4. С. 105-111

Кремер Н.Ш. Теория вероятностей и математическая статистика: Учебник для вузов. – М., ЮНИТИ-ДАНА, 2001 г.

Кубышкин В.А., Корняк Б.С. Гастроэзофагеальная рефлюксная болезнь. М. 1999. С. 208

М. И. Вовненко, И. М. Мафагел, А. А. Сухинин, Л. В. Горбов Зависимость длины пищевода человека от его антропометрических показателей АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ МОРФОЛОГИИ Труды Международной научной конференции посв. 100-летию со дня рождения проф. Б.З. Перлина Кишинэу, 20-22 сентября 2012

Мхитарян В.С., Трошин Л.И., Адамова Е.В., Шевченко К.К., Бамбаева Н.Я. Теория вероятностей и математическая статистика / Московский международный институт эконометрики, информатики, финансов и права. – М., 2002 г.

Пучков К.В., Филимонов В.Б. Грыжи пищеводного отверстия диафрагмы. – М., Медпрактика-М, 2003, 172 с.

Черноусов А.Ф. Ошибки и осложнения антирефлюксной хирургии / А.Ф. Черноусов, Т.В. Хоробрых, Ф.П. Ветшев // Вестник хирургической гастроэнтерологии.-2014.-№ 1-2.-С.5-16

Banki F. Failed fundoplication and complications of antireflux surgery: radiographic, endoscopic and laparoscopic views / F. Banki, M. Weaver // JSM Gen. Surg. Cases. Images.-2017.-№ 2(1).-P.1021

Hunt R., World gastroenterology organisation global guidelines: GERD global perspective on gastroesophageal reflux disease / R. Hunt, D.Armstrong, P. Katelaris [et al.] //Journal of clinical gastroenterology. - 2017. - Т. 51. - № 6. - P. 467-478

Rizaev JA, Khazratov AI, Iordanishvili AK Morphofunctional characteristics of the mucous membrane of the masticatory apparatus in experimental carcinogenesis //Russian Journal of Dentistry. – 2021. – T. 25. – No. 3. – pp. 225-231.

Irgashev, K. N., & Rizaev, J. A. (2025). Optimization of clinical outcomes in the rehabilitation of patients with non-caries dental lesions manifesting as pathological abrasion. Medical Research Journal, 1(1), 146–151.

Загрузки

##submissions.published##

2025-11-03