O'SMIRLIK DAVRIDAGI QIZLARNING SALOMATLIGI MUAMMOLARINI TAHLILI VA POLIKISTIK TUXUMDON SINDROMINI BASHORAT QILISH
##article.subject##:
PCOS, Giperandrogenemiya, akne, anovulyatsiya, insulin qarshiligi, semizlik, tana massasi indeksi##article.abstract##
Reproduktiv salomatlikni o'rganish va polikistik tuxumdon sindromi (PCOS) xavfini baholashning dolzarbligi ushbu kasallik bepushtlikning keng tarqalgan sababi, shuningdek, somatik salomatlikning global muammosi, shu jumladan endokrin kasalliklarning buzilishi bilan bog'liq hamda metabolik holat, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari va yuqori onkologik xavfga ega. Tadqiqotning maqsadi o'smir qizlarda PCOS rivojlanishiga hissa qo'shadigan klinik va anamnestik ko'rsatkichlar natijalarini baholashdir. Tadqiqotda 13 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 182 nafar o‘smir qiz ishtirok etdi, ularda hayz ko‘rish funksiyasi, metabolik kasalliklar, qandli diabetga genetik moyillik va arterial gipertenziya kabi sog‘liq muammolarini aks ettiruvchi so‘rovnomalar o‘tkazildi. Sut bezlarining rivojlanish darajasi Taner shkalasi va girsutizm darajasi Ferriman-Gallvey
shkalasi bo'yicha ham baholandi. Demak, tadqiqot natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi o‘smir qizlarning yarmi algomenoreya sindromidan aziyat chekishi aniq. Bizning regionimizda oylik ko‘p miqdorda qon yo‘qotilishi tufayli kamqonlik kasali ham uchraydi. Shuni ta'kidlash kerakki, qizlarning deyarli yarmi menstruaciya oraligi vaqtida qon ketishiga ega, bu beqaror hayz davri bilan bog'liq bo'lishi mumkin, ammo bu har ikkinchi qizda kuzatiladi. Ma'lumki, nazariy jihatdan, telarxe menarxedan bir yil oldin sodir bo'ladi. Bizning tadqiqotimiz avvalgi tadqiqotlar natijalarining tasdiqlanishini ko'rsatdi. Qizlarning yarmidan ko'pi terining holatini qoniqarsiz deb baholaydi, bu fiziologik me'yor deb hisoblangan akne mavjudligini ta'kidlaydi, ammo bu qoniqarli emas va depressiyaga olib keladi. Qarindoshlarda qandli diabet va arterial gipertenziyaning tarqalishi alohida e'tiborga loyiqdir. Aksariyat qizlar girsutizmdan aziyat chekishadi. Jinsiy balog'atga yetishning boshlanishi tuxumdonlarning polikistik sindromi kasalligi rivojlanishining muhim momentidir va yaqinda tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, erta aralashuv majburiydir.
Библиографические ссылки
Лукьянова Д.М., Хищенко Е.П., Уварова Е.В. Молекулярно-генетические аспекты формирования фенотипов синдрома
поликистозных яичников у девочек-подростков. Репродуктивное здоровье детей и подростков]. 2015; (5): 46-55.
Azziz, R. Task Force on the Phenotype of the Polycystic Ovary Syndrome of The Androgen Excess and PCOS Society. The Androgen
Excess and PCOS Society criteria for the polycystic ovary syndrome: the complete task force report // Fertility and Sterility. – 2009. – Vol.
– P. 456–48.
Donbaloğlu, Z. Hyperandrogenism correlates with psychological symptoms in adolescents with polycystic ovary syndrome // Clin Pediatr
Endocrinol. – 2022. – Vol. 31. – P. 68–76.
Imran, H.J. Testosterone or Dehydroepiandrosterone Sulfate as A Biomarker for Hirsutism in Women with Polycystic Ovary Syndrome //
Biomedical & Pharmacology Journal. – 2020. – Vol. 13. – P. 1815–1823.
№3 | 2024
Sanchez-Garrido, M.A. Metabolic dysfunction in polycystic ovary syndrome: Pathogenic role of androgen excess and potential therapeutic
strategies / M.A. Sanchez-Garrido, M. Tena-Sempere // Molecular Metabolism. – 2020. – Vol. 35. – P. 1–16.
Stepto, N.K. Women with polycystic ovary syndrome have intrinsic insulin resistance on euglycaemichyperinsulaemic clamp. // Hum
Reprod. – 2013. – Vol. 28. – P. 777–784.
Teede, H. International Evidence-based Guideline for the assessment and management of polycystic ovary syndrome 2023. – Melbourne:
Monash University, 2023. – 258 p.
Teede, H. International evidence-based guideline for the assessment and management of polycystic ovary syndrome 2018 / H. Teede [et
al.]. – Melbourne: Monash University, 2018. – 198 p.