O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI BILAN ARTERIAL GIPERTONIYA QO‘SHILGAN BEMORLARDA BUYRAK DISFUNKSIYASINING KLINIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI

##article.authors##

  • Sharipova Nilufar Salohiddinovna
  • Jabbarov Ozimbay Otaxonovich

##article.subject##:

o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, yurak remodellanishi, sistatin S, mikroalbuminuriya, arterial gipertenziya, buyrak disfunksiyasi markerlari, o‘pka yuragi, o‘ng qorincha yurak yetishmovchiligi

##article.abstract##

Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va Arterial gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunksiyasining klinik va funksional xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda yondosh arterial gipertenziyasiz chap bo‘lmacha gipertrofiyasi 13,9% ni, yondosh patologiya bilan esa 9,37% ni tashkil etishi aniqlandi. Bemorlarning umumiy guruhida chap qorincha diastolik disfunksiyasining gipertrofik turi 26,7% holatlarda uchraydi. Chap bo‘lmacha dilatatsiyasiga aniqlangan moyillik chap qorincha diastolik funksiyasining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va arterial gipertenziya birga kelgan bemorlar guruhida yurakning o‘ng bo‘limlari remodellanish chastotasi arterial gipertenziyasiz bemorlar guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori (21,3% ga nisbatan 14%). Bu qorinchalararo to‘siq gipertrofiyasi va uning chap qorincha tomonga siljishi tufayli o‘ng qorincha strukturaviy o‘zgarishlarining murakkab manzarasi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi va arterial gipertenziya kombinatsiyasida qorinchalar diastolik disfunksiyasi chastotasi ham arterial gipertenziyasiz bemorlar guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori (51,1% ga nisbatan 30,2%). Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi rivojlanishi bilan sistatin C va mikroalbuminuriya darajasi sezilarli ravishda oshadi. Buyrak disfunksiyasining ushbu markerlari hamda yurak remodellanish parametrlari o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi, bu esa surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida gemodinamik omil muhim hissa qo‘shishini ko‘rsatadi. Surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida sistatin C darajasining oshishi boshqa mualliflar tadqiqotlari natijalari bilan ham mos keladi. Shu bilan birga, bunday og‘ishlar obstruktiv o‘pka kasalligining tizimli ta’siri, jumladan surunkali gipoksiya, yallig‘lanish jarayonlari va endotelial disfunksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Библиографические ссылки

American Heart Association. Hypertension and cardiovascular-renal risk statements. Hypertension.

Boiko O, et al.Features of kidney function in patients with comorbidity of arterial hypertension and COPD. Cureus. 2022.

Brenner and Rector’s The Kidney. 11th ed. Elsever; 2020.

Chen CY, Liao KM.Chronic obstructive pulmonary disease is associated with risk of chronic kidney disease: a nation wide case-cohort study. Scientific Report. 2016.

European Society of Cardiology & European Society of Hypertension. 2023 ESC/ESH Guidelines for the Management of Arterial Hypertension.

Incalzi RA, et al. Chronic renal failure: a neglected comorbidity of COPD. European Respiratory Journal. 2010.

Harrison’s Principles of Internal Medicine. 21st ed. McGraw-Hill; 2022.

Global Initiative for Chronic Obstructive Lung Disease. Global Strategy for the Diagnosis, Management and Prevention of chronic Obstructive Pulmonary Disease. Latest edition.

Gaddam S, et al. Prevalence of chronic kidney disease in patients with COPD: systematic review and meta-analysis. BMC Pulmonary Medicine. 2016.

Gjerde B, Bakke PS, Ueland T, et al. Renal dysfunction in COPD patients: prevalence and associated risk factors. BMC pulmonary Medicine. 2018

Kidney Disease: Improving Global Outcomes (KDIGO).

KDIGO 2023 Clinical Practice Guideline for the Evaluation and Management of Chronic Kidney Disease..

Загрузки

##submissions.published##

2026-05-02