IKKI JARROHLIK USULINING SAMARADORLIGINI TAQQOSLASH: CHAKKA MIGRENINI DAVOLASHDA NERVNING NEYROEKTOMIYASI VA ZYGOMATICOTEMPORAL SHOXCHASINI DEKOMPRESSIYA QILISH

##article.authors##

  • Asadov Hamidulla Fatxullaevich

##article.subject##:

migren, jarrohlik davolash, trigеr zonalar, n.zigomatikotemporalis, neurektomiya, dekompressiya

##article.abstract##

Migren — eng keng tarqalgan nevrologik kasalliklardan biri bo‘lib, bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi va katta ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi. Dori vositalariga javob bermaydigan bemorlar uchun trigеr zonalarni deaktivatsiya qilishga qaratilgan jarrohlik usullari muqobil davolash yo‘li sifatida qaraladi. Ushbu prospektiv randomizatsiyalangan tadqiqotda chakka sohasi migrenini jarrohlik davolashning ikki xil usuli — n.zigomatikotemporalis dekompressiya qilish va neurektomiya qilish samaradorligi solishtirildi. Tadqiqotga ikki tomonlama chakka migreni tashxisi qo‘yilgan 20 bemor kiritildi; har bir bemorda ikkala usul ham bajarildi: bir tomonda dekompressiya, boshqa tomonda esa neurektomiya. Samaradorlik bosh og‘rig‘i xurujlarining chastotasi, intensivligi va davomiyligi, shuningdek, Migren bosh og‘rig‘i indeksi (MHI) va MIDAS shkalasi asosida, 12 oylik kuzatuv mobaynida baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, har ikkala yondashuv ham yuqori samaradorlikka ega: 89% hollarda sezilarli yaxshilanish (>50%) kuzatildi, 60% hollarda esa simptomlar to‘liq yo‘qoldi. Ikki usul orasida statistik ahamiyatli farq topilmadi. Xulosa qilib aytganda, n.zigomatikotemporalis neurektomiya va dekompressiya qilish chakka migrenini davolashda xavfsiz va bir xil darajada samarali jarrohlik usullari hisoblanadi. Dekompressiya birinchi tanlov sifatida tavsiya etilishi mumkin, a neurektomiya esa dekompressiya yetarli samara bermagan hollarda qo‘llanilishi mumkin.

Библиографические ссылки

Guyuron B., Kriegler J.S., Davis J., Amini S.B. Comprehensive surgical treatment of migraine headaches. Plast Reconstr Surg. 2005;115:1–9.

Guyuron B., Reed D., Kriegler J.S., Davis J., Pashmini N., Amini S. A placebo controlled surgical trial for the treatment of migraine headaches. Plast Reconstr Surg. 2009;124:461–468.

Poggi J.T., Grizzell B.E., Helmer S.D. Confirmation of surgical decompression to relieve migraine headaches. Plast Reconstr Surg. 2008;122:115–122.

Dirnberger F., Becker K. Surgical treatment of migraine headaches by corrugator muscle resection. Plast Reconstr Surg. 2004;114:652–657.

Lipton R.B., Bigal M.E., Diamond M., et al. Migraine prevalence, disease burden, and the need for preventive therapy. Neurology. 2007;68:343–349.

Загрузки

##submissions.published##

2025-10-30