HARBIY XIZMATCHILARDA SURUNKALI BOSH MIYA ISHEMIYASINI DAVOLASHDA TABONIL PREPARATINING SAMARADORLIGI
##article.subject##:
Surunkali bosh miya ishemiyasi (SBМI), O‘zR MV Markaziy harbiy klinik gospitali, Tabonil##article.abstract##
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida surunkali bosh miya ishemiyasi bilan kasallangan 150 ta bemor (40 ayol va 110 erkak, yoshi 40 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan) harbiy xizmatchilar tekshirildi va davolandi. Tadqiqot usullari sifatida minimal skrining dasturi ishlatilgan: "Mini-Kog" va "Seriyali hisoblash" testlari, qisqa geriatrik depressiya shkalasi (Geriatric Depression Scale Short Form – GDS-SF). Surunkali bosh miya ishemiyasi (SBМI) bilan kasallangan harbiy xizmatchilarni davolash sxemasiga Tabonil preparatining kiritilishi taqqoslash guruhidagi (TG) bemorlarga qaraganda shkalalar bo‘yicha davolash samaradorligini oshirdi. Davolash fonida kognitiv testlarni xatolar bilan bajargan bemorlar soni sezilarli darajada kamaydi (p<0,05, Mak-Nemar mezoni) va GDS-SF (p<0,05, Vilkokson mezoni) bo‘yicha bemorlarning ruhiy holati yaxshilandi (p<0,05, Vilkokson mezoni).