YANGI O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH SOHASIDA JAMOATCHILIK NAZORATI

##article.authors##

  • Turdikulov Shuxrat Xudoykulovich

##article.subject##:

korrupsiya, poraxo‘rlik, tamagirlik belgilari, davlat boshqaruvi, dinamika, murosasiz munosabat, ijtimoiy moslashuv, qonun

##article.abstract##

Ma’lumki, korrupsiya-mansabdor shaxsning o‘z vakolatidan foydalangan holda qonunni suiiste’mol qilishi, xizmat vakolatlaridan chetga chiqishi, tanish-bilishchilik, mahalliychilik, oshna-og‘aynichilik, qarindosh-urug‘chilik asosida ish tashkil qilib, inson huquqlariga putur yetkazishi, ayniqsa, poraxo‘rlik va tamagirlik qilishi bilan jamiyatimiz uchun ijtimoiy xavflidir. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida har bir insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi.

Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning yaxlit tizimi yaratilgan va bu tizim o‘tgan yillar davomida takomillashtirilib borilmoqda. Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida qabul qilingan qonunlar, Prezidentimiz farmonlar va qarorlar albatta o‘zining natijasini bermoqda. Shuningdek, kuni kecha qabul qilingan  “O‘ZBEKISTON–2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-sonli Farmonida ham korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilikning roli haqida vazifalar belgilandi.

Библиографические ссылки

Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi”. – Nyu-York, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, 2004. – 5 bet.

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. – T.: “Adolat”, 2009. – 704 bet.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent. “Xalq so‘zi”, 2022 y. 1-3 betlar.

O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni O‘RQ-1062-son. – Toshkent. 2018.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi to‘g‘risida qonuni O‘RQ-419-son. – Toshkent. 2017.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida” qonuni O‘RQ-369-son. – Toshkent. 2014.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent. – “O‘zbekiston”. 2023. – 13 bet.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, PF-158-son. Toshkent. – “O‘zbekiston”. 2023.

Matibaev T.B. O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati: «Korrupsiya –ijtimoiy xavf». Darslik. – Toshkent. 2019.

“Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” risola / Sh. Turdiqulov. – Toshkent 2019. – 32 b.

Turdikulov Sh.X «Korrupsiyaga qarshi kurash jamiyat muammosi» Monografiya. –Toshkent: «Bilim va intellektual salohiyat», 2022. – B.65.

Загрузки

##submissions.published##

2024-01-10