ELEKTORAL XULQ-ATVORGA RATSIONAL-INSTRUMENTAL YONDASHUVNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI

##article.authors##

  • Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutayevna

##article.subject##:

elektoral xulq-atvor, ratsional-instrumental yondashuv, iqtisodiy ovoz berish, retrospektiv ovoz berish, perspektiv ovoz berish, egotsentrik ovoz berish, sotsiotrop ovoz berish, «bo‘lingan ovoz berish», «muammoli ovoz berish».

##article.abstract##

Ushbu maqolada elektoral sotsiologiya doirasidagi elektoral xulq-atvorning mumtoz nazariyalaridan biri bo‘lgan ratsional-instrumental yondashuvning shakllanishi, taraqqiy etishi yoritilgan hamda ushbu yondashuv asosidagi tadqiqotlar tahlil qilingan. Elektoral xulq-atvorga ratsional-instrumental yondashuv E. Dauns, M. Fiorina, S. Lipset, M.Lyuis-Bek va boshq. tadqiqotlarida o‘z ifodasini topganligi ta’kidlangan.

Ratsional tanlov nazariyasini nazariy va uslubiy jihatdan asoslashda E. Dauns o‘zining "Demokratiyaning iqtisodiy nazariyasi" kitobi bilan ulkan hissa qo‘shganligi qayd etilgan. M.Fiorina esa o‘zining «retrospektiv ovoz berish nazariyasi»da egotsentrik va sotsiotrop ovoz berish shakllarini ajratganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Lyuis-Bek saylovchilar xulqini tadqiq etishda uch xil o‘zgaruvchilarni ajratib ko‘rsatganligi qayd etilgan: «retrospektiv», «perspektiv» va «affektiv». Ratsional-instrumental nazariya eng ko‘p tanqidga uchragan nazariya bo‘lsa-da, boshqa tomondan ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, aynan u fuqarolarning saylovlardagi xulqini yaxshi aks ettiri to‘g‘risidagi xulosalar berib o‘tilgan.

Библиографические ссылки

Цукерман А. Введение в политический анализ / Реферат-дайджест под ред. В.С.Комаровского. – М., 1995. – С. 33-34.

Шумпетер Й. Капитализм, социализм и демократия / Под ред. В. С. Автономова. М.: Экономика, 1995. – 540 с.

Downs A. An Economic Theory of Democracy. N.Y.: Harper & Row. 1957. – P. 36.

Fiorina M. Retrospective Voting in American National Elections. New Haven. 1981. – P. 5.

Қаранг: Lipset S. Political man. – N.Y., 1981. – Р. 195.

Қаранг: Lewis-Beck M. Economics and Elections: the major western democracies. – Ann Arbor, 1988.

Қаранг: Dinkel R. The relationship between federal and state elections in West Germany. In: Elections and parties. M. Kaase, K. von Beyme (eds.). London: Sage Publications, 1978.

Reif К., Schmitt H. Nine Second-Order National Elections: A Conceptual Framework for the Analysis of European Election Results. European Journal of Political Research, 1980; 8; 1: 3-44.

Загрузки

##submissions.published##

2022-06-26