RAQAMLI JAMIYAT FENOMENINING SOTSIOLOGIK ASOSLARI
##article.subject##:
raqamli jamiyat, raqamli texnologiyalar, “raqamli tengsizlik”, “virtual identiklik”, axborot resurslari, ijtimoiy munosabatlar, raqamli platforma, inson kapitali, ijtimoiy kapital##article.abstract##
Maqolada raqamli jamiyatning insoniyat taraqqiyotida yangi bosqichini boshlab berganligi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat hayotiga keng kirib borib, turli jabhalarda munosabatlarni tubdan o‘zgartirayotganligi, u axborot ishlab chiqarish, tarqatish va iste’mol qilish jarayonlarida ustuvorlik kasb etayotganligi bayon etilgan. Shuningdek, inson faoliyati bevosita raqamli muhit bilan bog‘liq ekanligi, postindustrial jamiyat sharoitida bilim va axborotning asosiy resursga aylanganligi, zamonaviy jamiyatda moddiy ishlab chiqarishdan ko‘ra xizmatlar sohasi, bilim va axborot resurslari ustuvor ahamiyat kasb etib borayotganligi, raqamli jamiyatda axborot texnologiyalari orqali bilimlarni qayta ishlash va tarqatish imkoniyatlarini kengaytirish mumkin ekanligi haqida fikr yuritiladi. Raqamli jamiyat bevosita “raqamli tengsizlik” ni vujudga keltirib chiqarayotganligi, raqamli jamiyatda “virtual identiklik” tushunchasi shakllanayotganli, inson o‘zini nafaqat real hayotda, balki raqamli platformalar orqali ham namoyon etishi haqidagi tahlillar keltirilgan. Raqamli jamiyatda ijtimoiy nazorat mexanizmlarini o‘zgarishiga, nazorat davlat institutlaridan, raqamli texnologiyalarga o‘tib borayotganligi, videokuzatuv tizimlari, ma’lumotlar bazalari va algoritmlar orqali inson faoliyati tahlil qilingan.
Библиографические ссылки
Daniel Bell. The Coming of Post-Industrial Society: A Venture in Social Forecasting. Basic Books. New York City, 1973.
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон Тараққиёт стратегияси. 2023 йил 23-б.
Manuel Castells. The Rise of the Network Society. – Oxford: Blackwell Publishers, 1996.
Erik Brynjolfsson, Andrew McAfee. The Second Machine Age: Work, Progress, and Prosperity in a Time of Brilliant Technologies. – New York City: W. W. Norton & Company, 2014.
Klaus Schwab. The Fourth Industrial Revolution. – Geneva: World Economic Forum, 2016.
George Westerman, Didier Bonnet, Andrew McAfee. Leading Digital: Turning Technology into Business Transformation. – Boston: Harvard Business Review Press, 2014.
Jan van Dijk. The Network Society. – London: SAGE Publications, 2006.
Nicholas Negroponte. Being Digital. – New York City: Alfred A. Knopf, 1995.
Фокс Renée C. (1989). Социология медицины. Пирсон. ISBN 0138205078
Бекмуродов М. Замонавий бошқарув социологияси. Монография. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2020. – 436 б.