O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI SOTSIOLOGIYA: MILLIY HOLAT VA XALQARO TAJRIBALAR
##article.subject##:
raqamli sotsiologiya; raqamli transformatsiya; sun’iy intellekt; katta ma’lumotlar (big data); tarmoq madaniyati; algoritmik boshqaruv; raqamli tengsizlik; onlayn identifikatsiya; axborot oqimlari; veb-analitika; raqamli etnografiya; kontent tahlili; tarmoq tahlili; ochiq ma’lumotlar; ma’lumot etikasi; e-hukumat; aqlli shahar; siyosiy qarorlar (qabul qilish); post-haqiqat##article.abstract##
Ushbu maqola raqamli inqilob sharoitida sotsiologiya fanining yangilangan ilmiy vazifalarini yoritadi va raqamli sotsiologiyani O‘zbekiston kontekstida nazariy-metodologik jihatdan asoslaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar (big data) jamiyatni o‘rganishda yangi bosqichni boshlab, ijtimoiy munosabatlar, kommunikatsiya modellari hamda ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilishni talab etmoqda. Raqamli sotsiologiya an’anaviy usullarni (so‘rov, intervyu, kuzatish) raqamli platformalar, onlayn tarmoqlar, veb-analitika, kontent tahlili, raqamli etnografiya va tarmoq tahlili kabi zamonaviy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtiradi; ijtimoiy haqiqatni “raqamli izlar” orqali tadqiq etish imkonini yaratadi. Tadqiqotda raqamli sotsiologiyaning predmeti sifatida onlayn identifikatsiya, axborot oqimlarining ijtimoiy ongga ta’siri, tarmoq madaniyati, algoritmik boshqaruv va raqamli tengsizlik yo‘nalishlari ajratiladi. Nazariy asos sifatida strukturaviy-funksional yondashuv (T.Parsons, R.Merton) qo‘llanib, raqamli tizimlarning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi funksiyalari hamda kutilmagan (latent) oqibatlari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribadan (AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Singapur, Hindiston) kelib chiqib, ochiq ma’lumotlar infratuzilmasini kengaytirish, maxsus laboratoriyalar tashkil etish, “Digital Sociology” va “Data Science for Social Research” kurslarini joriy etish, ma’lumot etikasi bo‘yicha protokollarni kuchaytirish hamda xalqaro grantlarni rag‘batlantirish kabi tavsiyalar beriladi.
Библиографические ссылки
https://www.sostav.ru/publication/we-are-social-i-hootsuite-52472.html
Lazer D., Pentland A., Adamic L., et al. (2009). Computational Social Science. Science, 323(5915). – P. 721-723.
Crawford K. (2012). Critical Questions for Big Data. Information, Communication & Society, 15(5). – P.662-679.
Park J., & Lee H. (2014). The role of social network sites in the relationship between materialism and social media addiction: A conceptual framework and research directions. Korean Journal of Journalism & Communication Studies, 58(6). – P.5-28.
Elhai J.D., Dvorak R.D., Levine J.C., & Hall B.J. (2017). Problematic smartphone use: A conceptual overview and systematic review of relations with anxiety and depression psychopathology. Journal of Affective Disorders, 207. – P. 251-259.
Wang Y., Sun, S., & Zhang J. (2018). Demonstrative consumer behavior and social media use: A cross-national study of young adults. Journal of Marketing Communications, 24(6). – P.584-598.
Парсонс Т. Система современных обществ. – М.: Аспект Пресс, 1997. – С. 120-215. Парсонс Т. Социальная система. – М.: Наука, 2002, Ритцер Дж. Современные социологические теории. – М.: Аспект Пресс, 1996.
Axmedova F. Harmonization of professional and personal competencies in future pharmaceutical personnel//Thematics Journal of Sociology, 2021.
Вяткина Ю., Бураканова Г., Ахмедова Ф. Cтравнительный анализ демонстративного потребления молодежи стран//Журнал социологических исследовании. – Ташкент, 2023, Том 1. – С.26-36.