JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN QAYTGAN YOSHLARNI IJTIMOIY HAYOTGA RЕINTЕGRATSIYALASH: ХORIJ TAJRIBASI
##article.subject##:
xorij, ijtimoiy, oila, ruhiy, jinoyat, jamiyat, huquqbuzar, munosabat, mahkum, dastur.##article.abstract##
Mazkur maqolada jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoshlarni ijtimoiy hayotga reintegratsiyalash masalasi xorijiy davlatlar amaliyoti asosida yoritilgan. Tadqiqotda AQSh, Kanada, Angliya, Fransiya va Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, bir-biriga bog‘liqligi va individual reabilitatsiya namunalarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Ushbu mamlakatlarda jazo muddatini o‘tab qaytgan yoshlar bilan ishlashda ruhiy ko‘mak, oilaviy munosabatlarni saqlab qolish, ta’lim va kasbiy ko‘nikma berish, bandligini ta’minlash hamda turli milliy dasturlarning amalga oshirilishi asosiy yo‘nalishlar sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, AQSh da individual kuzatuv xizmatlari va turli ijtimoiy dasturlar, Kanadada reintegratsiya rejalarini qo‘llab-quvvatlovchi markazlar, Angliyada oilaviy munosabatlarni saqlab qolishga qaratilgan dasturlar, Fransiya va Germaniyadagi turli ijtimoiy hayotga moslashishga ko‘mak beruvchi assotsiatsiya, markazlar va hukumat – jamoatchilik sherikchiligi keng rivojlangan. Maqola tahlillari asosida jazo muddatini o‘tab qaytgan yoshlarni reintegratsiyalash borasida tizimimiz uchun bir qator quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: yoshlarni jamiyatga qayta moslashtirish jarayonida davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish, bunday toifadagi yoshlar uchun uzoq muddatga mo‘ljallangan turli ijtimoiy dasturlarni joriy etish, kasbiy tayyorgarlik markazlarini zamonaviylashtirish va ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan barqaror profilaktik tizimni shakllantirish.
Библиографические ссылки
REENTRY OF YOUNG OFFENDERS FROM THE JUSTICE SYSTEM: A
Developmental Perspective / Laurence Steinberg, He Len Chung, and Michelle Little / Youth Violence Juv Justice. 2004 January 1; 2.
Office of Juvenile Justice and Delinquency Prevention. / www.ojjdp.gov / Juvenile Reentry
/ August 2017 / 3
Office of Juvenile Justice and Delinquency Prevention. / www.ojjdp.gov / Juvenile Reentry/ August 2017 / 8
Office of Juvenile Justice and Delinquency Prevention. / www.ojjdp.gov / Juvenile Reentry/ August 2017 / 8
Office of Juvenile Justice and Delinquency Prevention. / www.ojjdp.gov / Juvenile Reentry/ August 2017 / 9
Office of Juvenile Justice and Delinquency Prevention. / www.ojjdp.gov / Juvenile Reentry/ August 2017 / 9
2025 Progress Report on the Federal Framework to Reduce Recidivism / Snapshot of Recidivism in Canada / 2025
Youth Perspectives on their Experience of Custody and Reintegration in Canada / Kelly E. Morton Bourgon, Kimberly Burnett, Jo-Anne Chrétien / 2008 / 31
Young People: The Experience of Transition from Custody to Community / Alexandra Fairfull / June 2013 / 37
A Lost Generation: the experiences of young people in prison / Prison Reform Trust / February 2004 / 19
Mesurer et comprendre les déterminants de la récidive des sortants de prison / Infostat Justice SDSE - Service statistique ministériel de la justice / Par Frédérique Cornuau et Marianne Juillard, statisticiennes à la SDSE / juil 2021 / 1
LES CONDITIONS DE LA RÉINSERTION SOCIOPROFESSIONNELLE DES DÉTENUS EN FRANCE / 2006 / M. Donat Decisier / 221-222
Herausforderungen und Chancen zur beruflichen Wiedereingliederung von Straffälligen Aktuelle Modelle und Projekte zur (Arbeitsmarkt-) Integration 24. und 25. Juni 2019 in Frankfurt / Arbeitsmarktintegration für jugendliche Strafentlassene /Dr. Lutz Klein / 24
Forens Psychiatr Psychol Kriminol (2020) Therapie bei Straffälligkeit: Zur Entwicklung der Sozialtherapie im deutschen Justizvollzug / Sonja Etzler, Matthias Moosburner, Martin Rettenberger / 95