“MAHALLA YETTILIGI” – JAMIYATDA IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING YANGI MEXANIZMI SIFATIDA (SOTSIOLOGIK TAHLIL)
##article.subject##:
mahalla, sotsiologik yondashuv, klassifikatsiya usuli, amaliy faoliyat metodi, fuqarolik jamiyati institutlari, ijtimoiy munosabatlar, transformatsiya, modernizatsiya, anʼanaviy jamiyat, institut##article.abstract##
Maqolada bugungi kunga qadar samarali ishlagan mahalla “beshligi” tizimiga endilikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organida soliqchi va ijtimoiy xodim ham qo‘shilib, “yettilik” tarzida ish olib borishi belgilanganligi, “Mahalla yettiligi” tomonidan mahallaning ichki resurslarini aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun safarbar etishga ko‘maklashishining ijtimoiy jihatlari ilmiy o‘rganilgan. Shu bilan birga, mahalladagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari va boshqa mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishini taʼminlash borasida amalga oshiriladigan ishlarning istiqboldagi imkoniyatlari sotsiologik nuqtai nazardan ilmiy tahlil etilgan.
Библиографические ссылки
Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики. – М., Фонд экономической книги «Начала», 1997. – С. 17.
https://lex.uz/ru/docs/6931871
Парсонс Т. (2018). О структуре социального действия. – М.: Академический проект. – С. 301.
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. – Б. 30.
Платон. Законы. Сочинения, Т.XIII. Петербург. 1923. – С.74.
Парсонс Т. Система современных обществ. – М., 1998. 270 с.