JADIDLAR TA’LIMOTIDA TARBIYANING MILLIY MODELI

##article.authors##

  • Yusupova Dildora Dilshatovna

##article.subject##:

jadid, ma’rifatparvar, tarbiya, badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi, “Turkiy guliston yohud axloq” asari, “Najot yo‘li” asari

##article.abstract##

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining yirik namoyondalari hisoblangan Abdulla Avloniy va Abdurauf Fitratning tarbiya masalasiga oid falsafiy-ma’rifiy qarashlari har tomonlama tahlil etilgan. Mualliflar tomonidan tarbiya inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va milliy uyg‘onishning asosiy omili sifatida talqin qilinishi ochib berilgan. Xususan, Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” va Abdurauf Fitratning “Najot yo‘li” asarlarida ilgari surilgan tarbiya konsepsiyalari mazmun-mohiyati jihatidan chuqur o‘rganilgan. Maqolada ushbu asarlarda bayon etilgan badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi kabi tarbiya turlarining o‘zaro bog‘liqligi, ularning inson shaxsini har tomonlama yetuk qilib shakllantirishdagi o‘rni falsafiy nuqtai nazardan qiyosiy tahlil qilingan. Shu bilan birga, jadid mutafakkirlarining tarbiyaga oid g‘oyalari davr ijtimoiy-siyosiy muhiti, milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy yangilanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda yoritilgan. Tadqiqot davomida Abdulla Avloniy va Abdurauf Fitratning tarbiya haqidagi qarashlaridagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanib, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi uchun nazariy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan. Maqola xulosasida jadid ma’rifatparvarlarining tarbiyaga doir merosi bugungi kunda ham ma’naviy-axloqiy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab ko‘rsatilgan.  

Библиографические ссылки

Абдулла Авлони. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент: Ëшлар нашриёт уйи, 2018.

Абдулла Авлони. Танланган асарлар. 2-жилдлик. 2-нашр. 2-жилд. Пандлар, ибратлар, ҳикоятлар, набийлар ҳаёти, драммалар, мақолалар, саёҳат хотиралари. – Тошкент: “Маънавият”, 2006.

Абдулла Авлони. Танланган асарлар. 2-жилдлик. 1-жилд. Шеърлар, ибратлар. – Тошкент: “Маънавият”, 2006.

Абдурауф Фитрат. Танланган асарлар: 6 жилдлик. – Тошкент: “Маънавият”, 2010. V-жилд.

https://sputniknews.uz/20220502/eng-katta-boylik---bilim-va-tarbiya-prezident-tabrigi-24322649.html

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-06