ABU YUSUF QARASHLARIDA IJTIMOIY ADOLAT G’OYASINING FALSAFIY JIHATLARIUshbu maqolada Аbu Yusufning ilmiy merosini o‘rganish asosida fuqarolarning tinchligi, ularning moddiy va maʼnaviy hayotini yaxshilash yo‘lida uning ulkan saʼy-harakatlari tahlil etilga

##article.authors##

  • Abduqahhor Absattorovich Raxmonov

##article.subject##:

Abu Yusuf, “Kitob al-xaroj” asari, ijtimoiy adolat, islom jamiyati, islomiy iqtisodiy munisabatlar, arab xalifaligi

##article.abstract##

Ushbu maqolada Аbu Yusufning ilmiy merosini o‘rganish asosida fuqarolarning tinchligi, ularning moddiy va maʼnaviy hayotini yaxshilash yo‘lida uning ulkan saʼy-harakatlari tahlil etilgan. Аbu Yusufning islomiy soliq tizimini ishlab chiqishda soliq turlarini birma-bir aniq dalillarga asoslangan holda bayon etishi davlat boshqaruv tizimida mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga solishda katta yordam berganligi ko’rsatib o‘tilgan.

Abu Yusuf islomiy iqtisodiy fikrga katta hissa qo‘shgan musulmon olimlaridan biridir. U bozor mexanizmlari masalasini ko‘targan birinchi musulmon olimi bo‘lgan va keyinchalik uning fikrlari ko‘plab taniqli olimlar tomonidan keng foydalanilgan.

Islom muayyan axloqiy va ijtimoiy chegaralarni adolat bilan o‘rnatib, moddiy boyliklardan foydalanishda adolatsizlikning oldini oladigan ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillarni belgilab berdi. Ushbu tamoyillarga amal qilish inson uchun yer yuzida halol rizq topishga va oxiratda Аllohning roziligini topishga yordam beradi. Islom iqtisodiyoti muayyan axloqiy fazilatlarni joriy etadiki, bu turli darajalarda ijtimoiy adolatni taʼminlashga xizmat qiladi.

Аbu Yusufning ijtimoiy adolat g‘oyasining iqtisodiy-falsafiy asoslari davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyatga ega. Аbu Yusuf faqatgina qozi bo‘lib qolmay, balki Horun ar-Rashidga maslahatchisi, ham qozi va ham fiqhshunos olim bo‘lgan. U o‘zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qarashlarida Qurʼoni Karim va hadislar bilan bir qatorda, aqliy mushohadalardan foydalangan. Abu Yusufning “Kitob al-xaroj” asaridagi iqtisodiy fikrlar, o‘sha paytdagi adolatsizlikka qarshi kurashda asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. Uning g‘oyalari islomiy tenglik va adolat tamoyillariga asoslanadi.

Библиографические ссылки

Аgzamxodjaeva S.S. Ijtimoiy ideal va maʼnaviy hayot. – Toshkent. “Falsafa va huquq” instituti nashriyoti. 2007. – 254 b.

Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al -Marifah: 1979. – 244 р.

Мансур А. Имом Аъзам – буюк имомимиз. – Тошкент. “Ғофур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат” нашриёти. 1999. – 50 б.

Исломов А. Эгамов. Э. Иқтисодий таълимотлар тарихи. – Т.: “Ўзбекистон”, 2003. – 216 б.

Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf’s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. 1995. – 140 р.

Жузжоний А.Ш. Ислом ҳуқуқшунослиги. Ҳанафий мазҳаби ва Ўрта Осиё фақиҳлари. – Т.: “Тошкент ислом университети” нашриёти, 2002. – 252 б.

Қодиров М. Марказий Осиё, Яқин ва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури. Т.: ТДШИ нашриёти. 2009. – 212 б.

Hendri H.A. The Rationalization of Abu Yusuf Economic Thought (An Analysis of the Islamic Public Finances) // Journal of Islamic bancing and finance. Volume 35, Issue 4, December 2018.

Nasrulloh Ali Munif. Critical analysis of Abu Yusuf thought: The role of government in Islamic economic. Vol.7, Juni 2019.

Misri A., Muhsin Abdul Manan. Historical development of tax during the early Islamic period: Jazyah and Kharaj // Jurnal Al-Tamaddun, Bil. 14 (2), 2019.

Transliteration:

Agzamkhodjaeva S.S. Social ideal and spiritual life. - Tashkent. Publishing house of "Philosophy and Law" Institute. 2007. – 254 p.

Abu Yusuf, Kitab al-Kharaj, Beirut: Dar al -Marifah: 1979. – 244 р.

Mansur A. Imam Azam is our great Imam. - Tashkent. "Literature and art named after Gafur Gulam" publishing house. 1999. – 50 p.

Islamov A. Egamov. E. History of economic doctrines. - T.: "Uzbekistan", 2003. – 216 p.

Sabahiddin Azmi. Abu Yusuf’s contribution to the theory of public finance. Dissertation submitted of the degree of master of philosopy in economics. India. 1995. – 140 р.

Juzjoni A.Sh. Islamic jurisprudence. Hanafi sect and Central Asian jurists. - T.: "Tashkent Islamic University" publishing house, 2002. - 252 p.

Kadirov M. Philosophical thought of Central Asia, Near and Middle East. T.: TDSHI publishing house. 2009. - 212 p.

Hendri H.A. The Rationalization of Abu Yusuf Economic Thought (An Analysis of the Islamic Public Finances) // Journal of Islamic bancing and finance. Volume 35, Issue 4, December 2018.

Nasrulloh Ali Munif. Critical analysis of Abu Yusuf thought: The role of government in Islamic economic. Vol.7, Juni 2019.

Misri A., Muhsin Abdul Manan. Historical development of tax during the early Islamic period: Jazyah and Kharaj // Jurnal Al-Tamaddun, Bil. 14 (2), 2019.

Загрузки

##submissions.published##

2024-06-05

##issue.issue##

##section.section##

Статьи