YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY MANFAATLAR VA MILLIY MUNOSABATLAR TARAQQIYOTI

##article.authors##

  • Tulenova Gulmira Jandarovna
  • Yunusov Laziz Erkinovich

##article.subject##:

millat, qadriyatlar, madaniyat, ong, tafakkur, munosabat, manfaat, dialektika, qonun, kategoriya, demokratiya, islohotlar, dialektika nazariyasi, milliy ong, millatlararo munosabatlar, millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatining konsepsiyasi, millatlararo totuvlik, millatlararo hamjihatlik, baynalmilal tarbiya, xalq diplomatiyasi

##article.abstract##

Mazkur maqolada bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda kechayotgan demokratik jarayonlar, islohotlar istiqboli millatlararo munosabatlarning holatiga, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, yoshlarlarni milliy g‘oya, demokratik qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, bu sohada paydo bo‘ladigan tahdidlarga qarshi kurashni kuchaytirishga ko‘p jihatdan bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

Maqolada milliy va millatlararo munosabatlarning mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni, istiqlol tufayli milliy ongimiz, qadriyatlar, madaniyatimizning tiklanishi, hozirgi kunda milliy munosabatlar sohasidagi  muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, millatlararo totuvlik, hamjihatlik, baynalmilal tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati kabi dolzarb muammolar tahlil etilgan.

 Shuningdek, millatlararo munosabatlarni takomillashtirishda davlat milliy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida alohida xalqlar, turli konfessiyalar madaniyati, diniy e’tiqodlarini chuqur, atroflicha o‘rganish, millatlararo va konfessiyalararo aloqalarni yanada mustahkamlash va barqarorlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy g‘oya tamoyillari asosida tarbiyalash, ushbu jarayonlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini asoslash bilan bog‘liq masalalarni ilmiy jihatdan o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi asoslangan.

Библиографические ссылки

O‘zR Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi (30.07.2021)// https://president.uz/uz/lists/view/

Tulenov J.T. (2000), ‘Ma’naviy yuksalish sari’.Toshkent, Mehnat.

‘Natsii i natsionalizm (pod.red. B.Anderson, O.Bauer i dr.)’ (2002). Moskva, Praksis.

Atamuratov S. (1996), O‘zbekiston millatlararo hamjihatlik yo‘lida. Toshkent, Universitet.

O‘zR Prezidenti SH.Mirziyoyevning Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi. 10.11.2017 //http//www.prezident.uz

O‘zR Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan qabul marosimidagi nutqi. 09.05.2017. // http// president.uz

“2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-60-son). 28.01.2022. //https://lex.uz/docs/5841063

“Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5876-son).- Toshkent, 2019 yil 15 noyabr.

Загрузки

##submissions.published##

2022-07-28

##issue.issue##

##section.section##

Статьи