TURIZM TA’SIRIDA IJTIMOIY ONGNING AKSIOLOGIK TRANSFORMATSIYASI: IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL
##article.subject##:
turizm falsafasi, aksiologiya, ijtimoiy ong, qadriyatlar transformatsiyasi, milliy g‘oya, sahnalashtirilgan avtentiklik##article.abstract##
Maqolada turizmning ijtimoiy ongga ko‘rsatadigan ta’siri aksiologik nuqtai nazardan tadqiq etiladi. Turizm faqat iqtisodiy tarmoq sifatida emas, balki jamiyatdagi qadriyatlar tizimini qayta tartiblovchi ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning manbaviy bazasini G‘arb turizm sotsiologiyasi va antropologiyasining asosiy asarlari, o‘zbek aksiologik maktabi vakillarining tadqiqotlari, so‘nggi yillarda chop etilgan xalqaro maqolalar hamda O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. Dialektik, germenevtik, qiyosiy-falsafiy, strukturaviy-funksional va fenomenologik metodlar uyg‘unligida aksiologik transformatsiyaning to‘rt bosqichli modeli – aktuallashuv, moslashuv, gibridlashuv va institutsionallashuv – ishlab chiqildi va har bir bosqichning ichki mexanizmi yoritildi. D. MakKannell, E. Koen, J. Urri, P. Burdyo qarashlari, J. Tulenov, N. Shermuhamedova yondashuvlari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Xulosaga ko‘ra, turizm ta’siridagi aksiologik transformatsiya bir yo‘nalishli emas: unda qadriyatlarning yemirilishi va yangilanishi bir vaqtning o‘zida kechadi.