POSTMODERNIZM PARADIGMASIDA BORLIQ KONSEPSIYASINING TALQINI VA UNING AHAMIYATI

##article.authors##

  • Anvar Akmalovich Po‘latov

##article.subject##:

postmodernizm, borliq, ontologiya, diskurs, interpretatsiya, nisbiylik, ma’no

##article.abstract##

Postmodernizm falsafiy tafakkur tarixida borliq (bыtie) haqidagi an’anaviy qarashlarni qayta talqin qilgan intellektual yo‘nalish sifatida namoyon bo‘ladi. Unda borliq yaxlit, barqaror va universal haqiqat sifatida emas, balki ko‘p qatlamli, o‘zgaruvchan va interpretativ mazmunga ega diskursiv voqelik sifatida tushuniladi. Postmodernistik paradigmada ma’no, haqiqat va reallik
markazdan chetlashgan holda, turli matnlar, belgilar va ijtimoiy diskurslar orqali shakllanadi. Shu ma’noda borliq statik emas, balki doimiy interpretatsiya jarayonida yangilanib turuvchi fenomen sifatida talqin qilinadi. Biroq mazkur yondashuv bir qator muammolarni ham yuzaga keltiradi. Jumladan, borliq haqidagi qat’iy ontologik asoslarning yo‘qolishi, nisbiylikning haddan tashqari kuchayishi, haqiqat mezonlarining zaiflashishi hamda ma’no parchalanishi kabi holatlar ilmiy va falsafiy tahlillarda konseptual noaniqlikni kuchaytiradi. Shuningdek, reallikni faqat diskurs orqali anglash tendensiyasi ob’ektiv borliq va
ijtimoiy amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni murakkablashtiradi. Shu bois ushbu maqolada postmodernizm paradigmasida borliq konsepsiyasining talqini, uning falsafiy-metodologik xususiyatlari hamda zamonaviy ijtimoiy-ilmiy tafakkurdagi
ahamiyatini kompleks tarzda ochib berishga harakat qilingan.

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-05

##issue.issue##

##section.section##

Статьи