KLASSIK, MODERN VA POSTMODERN FALSAFADA HAQIQAT KATEGORIYASINING EVOLYUSIYASI VA GLOBAL ONGDA NISBIYLIK TENDENSIYALARI

##article.authors##

  • Xaydarova Zebiniso

##article.subject##:

haqiqat, klassik falsafa, modern, postmodern, epistemologiya nisbiylik.

##article.abstract##

Haqiqat kategoriyasi falsafiy tafakkur tarixida izchil ravishda
rivojlanib kelgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik falsafada u borliqqa
muvofiqlik tamoyili asosida tizimlashtirilib, ob’ektiv reallikni anglash imkoniyati
sifatida asoslanadi. Modern falsafada haqiqatni anglash jarayonida sub’ektning roli
kuchayib, ratsionallik va ilmiy metodologiya orqali bilimning yangi shakllari
yuzaga keladi. Postmodern tafakkurda esa haqiqatning ko‘pqirrali va diskursiv
tabiati e’tirof etilib, uning turli kontekstlarda turlicha namoyon bo‘lishi ilgari
suriladi. Shu bilan birga, ayrim hollarda haqiqat kategoriyasining turli falsafiy
tizimlardagi talqini o‘rtasidagi konseptual chegaralarni aniq ajratish murakkablik
tug‘diradi. Shu bois ushbu maqolada klassik, modern va postmodern falsafa
doirasida haqiqat kategoriyasining transformatsiyasi hamda global ongda
epistemologik nisbiylik tendensiyalari falsafiy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi.

Загрузки

##submissions.published##

2026-06-05

##issue.issue##

##section.section##

Статьи