RAQAMLI SIVILIZATSIYA SHAROITIDA SUN’IY INTЕLLЕKTNI TADQIQ ETISHNING SINЕRGЕTIK MЕTODOLOGIYASI: FALSAFIY TAHLIL

Authors

  • Saifnazarov Ismаil

Abstract

Mazkur maqolada raqamli sivilizatsiya sharoitida sun’iy intellektni tadqiq etishning sinergetik metodologiyasi falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sun’iy intellektni faqat algoritmlar va texnik vositalar majmuasi sifatida emas, balki inson, bilim, texnologiya, jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sirida rivojlanuvchi murakkab ochiq tizim sifatida o‘rganishni talab etadi. Maqolada sinergetika sun’iy intellektning ichki xususiyati emas, balki uning ko‘p darajali va nochiziqli dinamikasini ochib beruvchi integrativ metodologiya ekani asoslandi. Sun’iy intellekt murakkab adaptiv ijtimoiy-texnologik tizim sifatida talqin qilinib, ochiqlik, o‘zini o‘zi tashkil etish, nochiziqlilik, bifurkatsiya, emerjentlik va koevolyutsiya kategoriyalarining tahliliy funksiyalari tizimlashtirildi.

Published

2026-11-25