EMERJENTLIK FENOMENI VA UNING SINKRETIK TAFAKKURDAGI AKS ETISHI
Keywords:
emerjentlik, sinkretik tafakkur, qism va butun, yangi sifat, murakkab tizim, reduksionizm, holizm, tizimli yondashuv, falsafiy tafakkur, integrativ bilimAbstract
Emerjentlik fenomeni qismlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro ta’sirlar natijasida ularning oddiy yig‘indisiga keltirib bo‘lmaydigan yangi sifatlarning vujudga kelishini tushuntirib, qism va butun munosabatlarining ontologik hamda gnoseologik mazmunini yoritishga imkon beradi. Sinkretik tafakkurda turli bilim shakllari, qadriyatlar va tajribalarning o‘zaro bog‘lanishi yangi ma’nolar va anglash shakllarining paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Biroq sinkretik birlashuvning har qanday ko‘rinishini emerjentlik sifatida baholash turli unsurlarning shunchaki qo‘shilishi bilan yangi sifatning yuzaga kelishi o‘rtasidagi farqni xiralashtiradi. Shu bois maqolaning maqsadi emerjentlik fenomenining falsafiy mohiyatini ochib berish, uning sinkretik tafakkurda namoyon bo‘lish shartlarini aniqlash hamda reduksionistik, holistik va tizimli yondashuvlarni qiyoslash asosida yangi sifat va ma’nolarning shakllanishidagi metodologik ahamiyatini asoslashdan iborat.