O‘ZBEKISTONNING TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A’ZOLIGINING TARIXIY EVOLYUSIYASI VA IJTIMOIY-FALSAFIY MAFKURAVIY TAHLILI
Keywords:
Turkiy munosabatlar, iqtisodiy integratsiya, madaniy aloqalar, siyosiy hamkorlik, mafkuraviy jarayonAbstract
Turkiy davlatlar tashkiloti XXI asrda tashkil etilgan bo‘lsada, turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlar uzoq tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, qadimiy davrlardan buyon shakllanib kelgan hamkorlik an’analariga tayanadi. Bu munosabatlar tarixiy jarayonlarda turkiy xalqlarning etnik yaqinligi, madaniy-sivilizatsion umumiyligi hamda geosiyosiy
makondagi o‘zaro ta’sirlari asosida rivojlangan. O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi tashqi siyosiy yo‘nalishida turkiy davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, integratsion aloqalarni kengaytirish va mintaqaviy hamjihatlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, hozirgi bosqichda integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish yo‘lida institutsional mexanizmlarni takomillashtirish, iqtisodiy hamkorlikni muvozanatli rivojlantirish va umumiy mafkuraviy yondashuvni mustahkamlash bilan bog‘liq ayrim muammolar saqlanib qolmoqda. Globallashuv sharoitida umumturkiy identichlikni shakllantirish, madaniy yaqinlikni saqlash va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ushbu maqolada O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zoligining tarixiy evolyusiyasi hamda uning
ijtimoiy-falsafiy va mafkuraviy mohiyatini ochib berishga harakat qilingan.
References
Kaplan M. (2018). Türk Dünyasında Medeniyet ve Entegrasyon. Ankara: Türk Tarih Kurumu Yayınları. б. 45.
Nurg‘aliev A. (2020). Turk integratsiyasi va geosiyosiy barqarorlik. Astana: Yevraziya Universiteti nashriyoti. b. 62.
Mirziyoev Sh. (2021). Mintaqaviy hamkorlik va ma’naviy yaqinlik. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti. b. 33.
Toktosunov J. (2019). Madaniy identichlik va turkiy birlik. Bishkek: Qirg‘iz Milliy akademiyasi nashriyoti. b. 51.
Mamedov E. (2022). Tyurk davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik. Baku: Ozarbayjon Fanlar akademiyasi nashriyoti. b. 74.