CADASIL va disirkulyator ensefalopatiyada kognitiv buzilishlarning klinik va neyrovizual farqlanishi

##article.authors##

  • Ismatov Alimardon Nabijon o‘g‘li
  • Tolibov Dilshod Sirojovich

##article.subject##:

CADASIL, disirkulyator ensefalopatiya, kognitiv buzilish, MRT

##article.abstract##

Kirish. CADASIL irsiy serebral mikroangiopatiya, disirkulyator ensefalopatiya esa surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik sifatida kognitiv buzulishlarga olib keluvchi kasalliklardir. Ushbu tadqiqotning maqsadi CADASIL va disirkulyator ensefalopatiya bemorlarida kognitiv buzilishlarning klinik va neyrovizual xususiyatlarini qiyosiy baholashdan iborat.

Material va metodlar. Kesimiy tadqiqotga 106 nafar ishtirokchi kiritildi: 31 nafar CADASIL bemori, 45 nafar disirkulyator ensefalopatiya bemori va 30 nafar sog‘lom nazorat guruhi. Barcha ishtirokchilarda klinik-nevrologik tekshiruv, neyropsixologik testlar hamda bosh miya MRT tekshiruvlari o‘tkazildi. Oq modda zararlanishlari Fazekas shkalasi asosida baholandi.

Natijalar. CADASIL guruhida SDMT ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli darajada past bo‘ldi (33.8 ± 7.1 va 48.6 ± 6.3; p < 0.001). Disirkulyator ensefalopatiya guruhida SDMT natijalari 38.9 ± 8.4 ni tashkil etdi. Fazekas ≥2 darajadagi oq modda zararlanishlari CADASIL guruhida 74.2 % bemorda, disirkulyator ensefalopatiya guruhida esa 51.1 % bemorda aniqlandi (p = 0.03). Oldingi chakka pushtasi zararlanishlari CADASIL bemorlarining 45.2 % ida, tashqi kapsula zararlanishlari esa 41.9 % ida kuzatildi, DE guruhida bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 13.3 % va 17.8 % ni tashkil etdi (p < 0.05).

Xulosa. CADASIL bemorlarida kognitiv buzilishlar disirkulyator ensefalopatiyaga nisbatan ancha yaqqol namoyon bo‘lib, MRTda oldingi chakka pushtasi va tashqi kapsula hududlaridagi zararlanishlar ko‘proq uchradi.

Библиографические ссылки

Livingston G, Huntley J, Sommerlad A, Ames D, Ballard C, Banerjee S, et al. Dementia prevention, intervention, and care: 2020 report of the Lancet Commission. The Lancet. 2020 Aug;396(10248):413–46. doi:10.1016/S0140-6736(20)30367-6

Wardlaw JM, Smith C, Dichgans M. Small vessel disease: mechanisms and clinical implications. The Lancet Neurology. 2019 Jul;18(7):684–96. doi:10.1016/S1474-4422(19)30079-1

Pantoni L. Cerebral small vessel disease: from pathogenesis and clinical characteristics to therapeutic challenges. The Lancet Neurology. 2010 Jul;9(7):689–701. doi:10.1016/S1474-4422(10)70104-6

Chabriat H, Joutel A, Dichgans M, Tournier-Lasserve E, Bousser MG. CADASIL. The Lancet Neurology. 2009 Jul;8(7):643–53. doi:10.1016/S1474-4422(09)70127-9

O’Sullivan M, Jarosz JM, Martin RJ, Deasy N, Powell JF, Markus HS. MRI hyperintensities of the temporal lobe and external capsule in patients with CADASIL. Neurology. 2001 Mar 13;56(5):628–34. doi:10.1212/WNL.56.5.628

Kandyba DV. DISCIRCGLATORY ENCEPHALOPATHY: HETEROGENEITY OF THEDEVELOPMENT OF CHRONIC BRAIN ISCHEMIA, MODERN APPROACHES TO THERAPY. Rossiĭskiĭ semeĭnyĭ vrach. 2012 Sep 15;16(3):4. doi:10.17816/RFD201234-13

Bos D, Wolters FJ, Darweesh SKL, Vernooij MW, De Wolf F, Ikram MA, et al. Cerebral small vessel disease and the risk of dementia: A systematic review and meta‐analysis of population‐based evidence. Alzheimer’s & Dementia. 2018 Nov;14(11):1482–92. doi:10.1016/j.jalz.2018.04.007

Yakubova MM, Rakhimova ShE, Saidakhmedova SK. New aspects of mri research in the differential diagnosis of binswanger disease. Global science research journals [Internet]. 2019;483-4857(7). Available from: https://www.globalscienceresearchjournals.org/

Hong H, Tozer DJ, Markus HS. Relationship of Perivascular Space Markers With Incident Dementia in Cerebral Small Vessel Disease. Stroke. 2024 Apr;55(4):1032–40. doi:10.1161/STROKEAHA.123.045857

Jokinen H, Kalska H, Ylikoski R, Madureira S, Verdelho A, Van Der Flier WM, et al. Longitudinal Cognitive Decline in Subcortical Ischemic Vascular Disease – The LADIS Study. Cerebrovasc Dis. 2009;27(4):384–91. doi:10.1159/000207442

Загрузки

##submissions.published##

2026-03-24