XAMSA”LARNING SO‘NGGI DOSTONLARIDA ILM-MA’RIFAT TALQINI

##article.authors##

  • Umida OTAYAROVA

##article.subject##:

Xamsanavislik, Sharq adabiyoti, Alisher Navoiy, Iskandarnoma, ilm-u ma’rifat, komil inson, falsafiy talqin, badiiy obraz

##article.abstract##

Xamsashunoslik an’anasi Sharq xalqlari adabiyotining asrlar davomida shakllangan muhim badiiy-ma’rifiy hodisasi bo‘lib, u inson kamoloti, axloqiy yetuklik va ilm-u ma’rifat g‘oyalarini targ‘ib etishga xizmat qilgan. Ushbu an’ananing shakllanishida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy va Abdurahmon Jomiy kabi buyuk fors-tojik adabiyoti namoyandalari muhim rol o‘ynagan. Ular yaratgan “Xamsa” dostonlari nafaqat badiiy mukammalligi, balki chuqur falsafiy va ma’rifiy mazmuni bilan ajralib turadi. Turkiy adabiyotda esa Alisher Navoiy bu an’anani yuksak darajada davom ettirib, o‘zining betakror “Xamsa”si bilan uni yangi bosqichga ko‘tardi. Xamsa dostonlarining barchasida ilm-u ma’rifat masalasi yetakchi g‘oyalardan biri sifatida talqin etiladi. Shoirlar ilmni insonni komillikka eltuvchi eng muhim vosita sifatida baholab, hikoyatlar, naqllar va ramziy obrazlar orqali bu fikrni mustahkamlaydi. Ayniqsa, Xamsaning so‘nggi dostonlari – “Iskandarnoma”larda ilm va hikmat masalasi alohida falsafiy mazmun kasb etadi. Iskandar obrazi bu dostonlarda faqat jahongir sifatida emas, balki bilimga chanqoq, donishmandlar suhbatidan bahramand bo‘ladigan adolatparvar hukmdor sifatida gavdalanadi. Iskandarning hakimlar bilan muloqoti, ularning pand-nasihatlari orqali ilmning inson hayoti, davlat boshqaruvi va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni ochib beriladi. Shu orqali mualliflar kuch va qudratdan ko‘ra ilm va ma’rifat ustuvor ekanini ta’kidlaydi. Mazkur maqolada “Iskandarnoma” dostonlarida ilm-u ma’rifat g‘oyasining badiiy-falsafiy talqini keng qamrovda tahlil etiladi.

Библиографические ссылки

Абдаррахман Джами. “Хафт ауранг” (“Тухфат ал-ахрар”, “Субхат ал-абрар”, “Хираднама-йи Искандари”). Критический текст. – Москва: Наука, 1984. – C. 340.

Alisher Navoiy. Saddi Iskandariy. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2006. 415 b.

Бертельс Е.Э. Навоий. Монография (И.К.Мирзаев таржимаси). – Т.: Тафаккур қаноти, 2015.

Азизиддин Насафий. Комил инсон. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2021. – 232 б.

Mukhiddinov M. Professor of SamSU, d.f.f. Wisdom in the Praises of the Epic “Saddi Iskandariy”. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE “EISSN: 2660-6828 | Volume: 04 Issue: 05-May 2023 https://cajlpc.centralasianstudies.org

Низомий Ганжавий. “Хамса” (форсийдан Олимжон Бўриев таржимаси). – Т.: Истиқлол нури, 2016.

Shayx Nizomiy Ganjaviy. Iqbolnoma. (Forschadan Jamol Kamol tarjimasi). – T.: Extremum – press, 2017.

Загрузки

##submissions.published##

2026-04-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи