“BADOYE UL-BIDOYA” MIFOLOGIK OBRAZLAR (ANQO, QOF, SEMURG‘ VA AJDARHO)
##article.subject##:
Badoye’ ul-bidoya, mifologiya, anqo, semurg‘, ajdarho, Qof tog‘i##article.abstract##
Yunoncha so‘z bo‘lgan mifologiya, mifos ya’ni “aytilgan, eshitilgan so‘z” va logos “gapirish” so‘zlarining birlashishidan iboratdir. Insonlarning paydo bo‘lgan ilk davrlardan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan ishonchlari, qo‘rquv, xayollari natijasida paydo bo‘lgan afsonalar, hikoya va rivoyatlardagi qahramonlar mifologiyaning asosiy obrazlari sifatida e’tiborga molik.
Mifologiya madaniyatlarga ko‘ra o‘zgarishi bilan birga o‘zaro munosabatlar va yaqin jamoalar orasida ba’zi tushuncha, tasvir va qahramonlarning madaniyatlararo o‘tishi tez-tez ko‘rinadi. Mifologiyadan joy olgan borliq, inson, hayvon yoki g‘ayritabiiy jonzotlar bo‘lganidek mifologiyani vujudga keltiruvchi makonlar ham bo‘ladi. Misol uchun, Antik Yunon mifologiyasida Olimpos tog‘i yunon tangrilarining Makoni sifatida keltiriladi. Sharq mifologiyasida esa bu tushuncha Qof tog‘idir. Yuksak, chiqish mushkul bo‘lgan tog‘ sifatida xayol qilingan bu tog‘ning qayerda ekanligi aniq emas. Bu tog‘da yashashiga ishonilgan va turli madaniyatlarda aslida ayni borliqni ifodalovchi qush esa anqo yoki semurg‘dir. Mifologik borliqlardan yana biri esa ajdarhodir. Turk mifologiyasida Yil buke, Yelbegen yoki Evren sifatida tilga olingan hayvon Eron mifologiyasida ajdarho/ajdaho sifatida nomlanadi. Bu maqolada mifologik obrazlar, Alisher Navoiyning “Badoye ul-bidoya” nomli tanlangan nazmiy asari misolida tahlil qilindi va uning bu mifologik borliqlarni o‘z tuyg‘u va tushuncha dunyosida qanday baholaganligi o‘rganildi.
Библиографические ссылки
BATİSLAM, Dilek (2002). “Divan Şiirinin Mitolojik Kuşları: HÜMÂ, ʿANKÂ VE SİMURG”, Türk Kültürü İncelemeleri Dergisi l, İstanbul 2002, 185-208.
DAŞDEMİR, Özkan (2021). Simûrg İle İlgili Açıklayıcı Bir Metin: Der Beyân-I Ahvâl-i Sîmurg-I ‘Ankâ, Atatürk Üniversitesi Edebiyat Fakültesi Dergisi Sayı 67, Aralık 2021, ss.42-51
DEMİRCİ, KÜRŞAT (2001). "KAFDAĞI", TDV İslâm Ansiklopedisi, https://islamansiklopedisi.org.tr/kafdagi (13.01.2024).
GÜNGÖR, Özlem (2014). “Türk Mitolojisindeki Kozmik Ejderha Figürünün Osmanlı Sahası Divanlarındaki İzleri” I. Uluslararası Türk Dünyası Araştırmaları Sempozyumu Bildiri Kitabı, ss.1151-1160.
İNAN, Abdülkadir (1953). “Türk Folklorunda Simûrg ve Garuda”. Türk Dili. C. II, S. 19, s. 413-415.
KAFESOĞLU, İbrahim (1980). Eski Türk Dini, Kültür Bakanlığı Yay. Ankara.
LEVEND, Agâh Sırrı (1984), Divan Edebiyatı Kelimeler ve Remizler Mazmunlar ve Mefhumlar, İstanbul: Enderun Kitabevi.
ONAY, Ahmet Talat (2000), Eski Türk Edebiyatında Mazmunlar ve İzahı, 4. Baskı, Akçağ Yay. Ankara
PALA, İskender (1993). Ansiklopedik Dîvân Şiiri Sözlüğü, Akçağ Yay. Ankara.
TOPRAK, Funda (2021). Tasavvufî ve Edebî Yönleriyle Ali Şîr Nevâyî, Akçağ Yay.
TÜRK, Vahit-EŞANKUL, JABBOR (2023). Bedâyiü’l Bidâye (İnceleme-Tenkitli Metin-Tıpkı Basım), Türkiye Yazma Eserler Kurumu Başkanlığı Yay.214, Ankara.