NIZOMIY VA NAVOIY DOSTONLARIDA MAJOZIY TASVIR NAMUNASI

##article.authors##

  • Dilorom SALOHIY

##article.subject##:

epik poeziya, uslub, romantizm, hayotiylik, xalqchillik, Rostravshan, it, bo‘ri, sher, daraxt

##article.abstract##

Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning sharq epik poeziyasini yangilashdagi badiiy-estetik va g‘oyaviy tamoyillari xamsachilikda ikki xalq folklori manbalari istifodasiga borib taqaladi. Mutafakkirlar o‘z asarlarida bevosita xalq og‘zaki ijodiga va folklorga ham murojaat etganlar. Shayx Nizomiy o‘z adabiy muhitida birinchi dostonnavis sifatida, Alisher Navoiy esa temuriylar tamadduni davrining ijtimoiy faol ijodkori sifatida beshliklaridagi xalqona, sodda va donishmandona tafakkur ifodasiga, xalq folklorining o‘lmas an’analariga katta ahamiyat berdilar. Nizomiy har bir epik dostonida ijtimoiy foydali ma’rifiy fikrlarini pand-nasihat tarzida emas, balki xalq og‘zaki ijodi va folklordan olingan badiiy timsollar vositasida ifoda etdi. Nizomiy dostonlari qadimgi afsonalar, miflar, pari va ruhlar obrazlari, turli xil mo‘jizaviy epizodlar bilan to‘lib toshgan g‘arb ritsarlik romanlaridan keskin farq qiladi va realistik ruhi bilan ustun turadi. Nizomiy epik ijodi muayyan mavzu va bir qator obrazlar tizimi bilan uzviy uyushgan voqeaband tafsilotlarga, xalq og‘zaki ijodidagi matallar, rivoyatlarga boyligi bilan ham ajralib turadi.

Alisher Navoiy “Xamsa”sida ham xalqona hikoyat va rivoyatlarga asoslangan epizodlar, hayvonlar obrazlari vositasi bilan yaratilgan badiiy parchalar, ertaknamo mazmundagi hikmatlar muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, buyuk “nazirai benazir”ning birinchi dostonida va hayotining so‘nggi yillarida yaratgan “Lison ut-tayr” dostonida shoirning xalqona rivoyatlar, matallar, masallar va ertaklar syujetlariga murojaat etganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Библиографические ссылки

Алишер Навоий. МАТ. 20 жилдлик. VII ж. – Тошкент, 1991.

Бертельс Е.Э. Избранные труды, Низами и Фузули. – Москва: ИВЛ, 1962.

Исҳоқов Ё. Навоий поэтикаси. – Тошкент, 1983.

Комилов Н. Маънолар оламига сафар. – Тошкент, 2012.

Маллаев Н. Низомий Ганжавий мероси ва унинг маърифий-тарбиявий аҳамияти. – Тошкент: Ўқитувчи, 1985.

Мустафаев Ж. Философские и этические воззрения Низами. – Баку, 1962.

Низами Гянджеви. СС в трех томах. Т. 1. – Баку, 1991.

Салоҳий Д. Навоийнинг шеърий услуби масалалари. – Тошкент, 2005.

Шайхзода. Асарлар. VI томлик, V т. – T.: Адабий-танқидий мақолалар. – Тошкент, 1973.

Ҳайитметов А. Навоий лирикаси. – Тошкент, 1961.

Загрузки

##submissions.published##

2024-06-19

##issue.issue##

##section.section##

Статьи