AKADEMIK BOTIRXON VALIXO‘JAEVNING XAMSACHILIK AN’ANASI VA NAVOIY “XAMSA”SIGA DOIR QARASHLARI TAHLILI
##article.subject##:
Sharq mumtoz adabiyoti, xamsachilik an’anasi, navoiyshunoslik, janr va mavzu, B.Valixo‘jaev qarashlari, talqin va tahlil##article.abstract##
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari yirik adabiyotshunoslar tomonidan turli adabiy-tarixiy, ilmiy-nazariy muammolar negizida o‘rganilib kelinadi. Mazkur adabiyotshunos olimlar orasida Botirxon Valixo‘jaevning munosib o‘rni bor. Botirxon Valixo‘jaev Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonlarini ustozlari Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy dostonlariga o‘xshashligi va ijodiy o‘zgartirishlar kiritishini “nazirai-benazir – o‘xshash-o‘xshamas” uslubda yozgan va bu an’anani mukammallashtirgan degan ilmiy xulosani beradi. Adabiyotshunos Botirxon Valixo‘jaev Alisher Navoiy “Xamsa”si, xamsanavislar ijodi, shakl va mazmunidan jiddiy farqini, o‘xshash jihatlarini ham munosib baholaydi.
Ushbu ilmiy maqolada akademik Botirxon Valixo‘jaevning xamsachilik an’anasi va uning badiiy takomilida Alisher Navoiyning buyuk xizmatlari haqidagi qarashlari tadqiq etiladi. Shuningdek, maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”si poetikasi, janriy-g‘oyaviy xususiyatlari bilan bog‘liq ba’zi masalalarga hamda keyingi davr olimlarining bu an’anaga munosabatlari haqida ham fikr yuritiladi.
Библиографические ссылки
Alisher Navoiy. TAT. Hayrat ul-abror. Farhod va Shirin. – Toshkent: G.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 812 b.
Alisher Navoiy. TAT. Layli va Majnun. Sab’ai sayyor. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 696 b.
Alisher Navoiy. TAT. Saddi Iskandariy. Tarixi anbiyo va hukamo. Tarixi mulki Ajam. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2012. – 704 b.
Valixo‘jaev B. Saylanma. II qism. – Samarqand: SamDU nashri, 2022.
Valixo‘jaev B. Mumtoz siymolar. I jild. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. – 304 b.
Valixo‘jaev B. Mumtoz siymolar. II jild. – Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002. – 175 b.
Valixo‘jaev B. O‘zbek epik she’riyati tarixidan. – T.: Fan, 1974. – 151 b.
Jo‘raqulov U. Nazariy poetika masalalari. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.
Hayitmetov A. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: Fan, 1959.
Hasanov S. Navoiyning yetti tuhfasi. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 1991.
Qodirov P. Til va el. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010.
Yusupova D. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti. – T.: TAMADDUN, 2016.
Sultonov I. Navoiyning qalb daftari. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010.