“HOLOTI SAYYID HASAN ARDASHЕR”DA INSONIY VA IRFONIY FAZILATLAR
##article.subject##:
Navoiy, Sayyid Hasan Ardasher, shaxs, ilm, adabiy daraja, fazilat, muruvvat, munojot, tavba, rind, darvesh, maqom, chilla, sabr##article.abstract##
Ushbu maqolada ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasherning buyuk qalam sohibi hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Navoiy o‘zining ko‘plab asarlari, xususan, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”da bu shaxsning ko‘pdan-ko‘p fazilatlarini ulug‘laydi. Uni o‘z zamonasining komil insonlaridan, deb biladi. Maqolada mamduhning halimlik, kamtarlik, uyatchanlik kabi yuksak xislatlarining holotda aks ettirilishi tahlilga tortiladi.
Navoiy Sayyid Hasanning yuqori darajadagi ilmini isbotlash uchun u o‘rgangan fanlarni sanab o‘tadi. Muallifning ta’kidlashicha, rindlikda ham u zoti sharifda hech kimda bo‘lmagan sifatlar, ya’ni o‘ta saxiylik, haddan ziyod shafqat, lutfu tavoze, sabr va chidamlilik, ko‘ngilning yumshoqligi, dabdabani yoqtirmaslik kabi xislatlar mujassam edi. Aynan shu fazilatlari tufayli Sayyid Hasan oddiy odamlarning ham, podshoh-u shahzodalarning ham hurmat-e’tiboriga erishgan.
Библиографические ссылки
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 13jild. Majolis un-nafois. – Toshkent: Fan, 1997. – 282 b.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 17-jild. Nasoyim ul-muhabbat. – Toshkent: Fan, 2001. – 520 b.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 4jild. Xazoyin ul-maoniy. Navodir ush-shabob. – Toshkent: Fan, 1989. – 560 b.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 6jild. Xazoyin ul-maoniy. Favoyid ul-kibar. – Toshkent: Fan, 1990. – 565 b.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 15jild. Holoti Sayyid Hasan Ardasher. – Toshkent: Fan, 1999. – 236 b.