O‘ZBEK ADABIYOTI YO‘LBOSHCHISIGA BAGʻISHLANGAN NASHR
##article.subject##:
Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi, “O‘zbek adabiyotining yo‘lboshchisi”, maqolalar to‘plami, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Xamsa”, “Chor devon”, “Mahbub ul-qulub”.##article.abstract##
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan Alisher Navoiy shaxsiyati borasidagi tadqiqotlar butun dunyo miqyosida olib boriladi. Bu borada Yevropa, Amerika olimlarining ilmiy faoliyati ko‘pchilikka ma’lum. Shu jumladan, Sovet Ittifoqi hukmronligi davrida Rossiya hukumati O‘rta Osiyo ijtimoiy hayoti bilan jiddiy qiziqqan. Va, albatta, adabiyot va san’at masalalari ham chetda qolmagan. Ayniqsa, Alisher Navoiy hayoti va ijodi ko‘plab sharqshunos olimlar diqqat markazida bo‘lgan. Shoir ijodining turli qirralari borasida izlanishlar olib borilgan. Maqolada Alisher Navoiy yubileyi munosabati bilan nashr etilgan “Родоначальник узбекской литературы” (O‘zbek adabiyotining yo‘lboshchisi) to‘plamidagi maqolalar haqida so‘z boradi. Ilmiy tadqiqotlarda Navoiy hayot yo‘li, zamondoshlari bilan munosabatlari, asarlarining yaratilish tarixi, shaxsiyatining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida mulohazalar bildirilgan. Maqolalar to‘plami Alisher Navoiy hayoti va ijodining turli tomonlarini chuqur yoritishga bo‘lgan intilish sababli shoir yubileyiga munosib sovg‘a bo‘la olgan.
Библиографические ссылки
Алишер Навоий. Маҳбуб ул-қулуб. – Тошкент: Ғафур Ғулом, 1983. – 112б.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами: 20 томлик. XVI т. Муҳокамат ул-луғатайн ва б. – Тошкент: Фан, 2000. – 336 б.
Бобур, Заҳириддин Муҳаммад. Бобурнома. – Тошкент: Шарқ, 2002. – 336 б.
Родоначальник узбекской литературы/Сборник статей об Алишере Навои. Ташкент: Издательство Узбекистанского филиала Академии наук СССР, 1940. – 224с.
Стенографический отчет курсов-конференций по изучению творчества Алишера Навои при ССП (союза советских писателей) Узбекистана. ЎзМА. Фонд 2356, опись(рўйхат) 1, дело 79, часть I. – 136 c.
Эркинов А. Навоийни англаш сари. – Анқара: Akçağ, 2021. – 468-б.
https://ru.wikipedia.org/wiki/Семёнов,_Александр_Александрович