ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI
##article.subject##:
turkiy she’r, ziddiyatli tabiat, mafkura, ish darajalari, ma’naviy yetuklik##article.abstract##
Maqolada jahon adabiyotining yirik mutafakkir siymolaridan biri Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari ijodiy merosining o‘rganilishiga doir eng aniq maʼlumot beruvchi manbalardan maʼlumotlar keltiriladi. Navoiy Qomusining 4-jildida shoir lirik va epik ijodiy merosining ilmiy-badiiy qimmati, ahamiyati haqida lingvopoetik tahlillar vositasida fikr-mulohaza yuritiladi. Mutafakkir shoir asarlarining XX asr navoiyshunosligida ko‘p e’tibor qaratilgan masalalariga munosabat bildiriladi, ilmiy adabiyotlardagi bahsli, noaniq fikrlar qiyosan o‘rganiladi, oydinlashtiriladi. Shuningdek, buyuk mutafakkir ijodkorning dunyoviy va ilohiy ishq masalasi xususidagi qarashlari talqini “T-Ch” harfi bilan boshlanuvchi so‘z va iboralar lug‘aviy va istilohiy ma’nolari orqali tanqidiy o‘rganiladi va tahlil etiladi. Mutafakkir tabiatidagi poklik, mukammal intizom, to‘g‘rilik va jamiyat muammolariga hamdardlik kabi xususiyatlar haqida misollar vositasida fikr mulohaza yuritiladi. Ensiklopediya mualliflari tomonidan XV asr II yarmi Xuroson adabiy muhitidagi ijodiy hamkorlik haqida ham qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi.
Qomus mualliflarining Alisher Navoiy asarlarida inson qadr-qimmati, sharafi haqida fikr yuritishlari va naqshbandiya taʼlimoti asosida o‘zlarining xulosalarini ham bayon etishlari ahamiyatli. Mualliflar mulohazalarini asoslash uchun keltirilgan so‘zlarning har bir mavzusiga biror manbadan qiziqarli havolalarni ilova qiladilar. Mualliflar buyuk shoirning sheʼriyat sohasidagi badiiy mahorati va adabiy-estetik printsiplari haqida ham fikr-mulohazalar bayon etadilar.
Библиографические ссылки
Alisher Navoiy. (2024). Alisher Navoiy Ensiklopediyasi (Jild.1, s.1-536). Haqqul, I. & Asadov M (Ed.). – Toshkent: O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Alisher Navoiy. (2024). Alisher Navoiy Ensiklopediyasi (Jild.2, s.1-496). Haqqul, I. & Asadov M (Ed.). – Toshkent: O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Alisher Navoiy. (2024). Alisher Navoiy Ensiklopediyasi (Jild.3, s.1-536). Haqqul, I. & Asadov M (Ed.). – Toshkent: O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Alisher Navoiy. (2024). Alisher Navoiy Ensiklopediyasi (Jild.4, s.1-480). Haqqul, I. & Asadov M (Ed.). – Toshkent: O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi.
Valixo‘jayev B. Tanlangan asarlar. 3-jildlik. 2-jild. – Toshkent: Zilol buloq, 2023.
Navoiyshunoslik. Darslik. – Samarqand: SamDCHTI, 2024.
To‘xliev B. va boshqalar. Alisher Navoiy. “G‘aroyib us-sig‘ar. G‘azallarning sharh va izohlari. 10 jildlik, 9-jild. – Toshkent: O‘ZKITOBSAVDO, 2020.
To‘xliyev B. va boshqalar. Alisher Navoiy. “G‘aroyib us-sig‘ar. G‘azallarning sharh va izohlari. 10 jildlik, 10-jild. – Toshkent: O‘ZKITOBSAVDO, 2020.
Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 2-ж. – Тошкент: ЎзР ФА “Фан”, 1967.
Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 15-ж. – Тошкент: ЎзР ФА “Фан”, 1999.
Алишер Навоий асарлари тилининг изоҳли луғати. IV томлик. Т. 2. – Тошкент: ЎзР ФА “Фан”, 1983.
Имомназаров М. Ҳақиқат ва мажоз. // Шарқ юлдузи.- 1991.- № 4 – Б. 159-166.
Истиқлол даври ўзбек навоийшунослиги. Ўттиз жилдлик. 17-ж. – Тошкент: TAMADDUN, 2023.
Iskandarov F. Alisher Navoiy dostonlaridagi na’tlar poetikasi. Filol.fan.bo‘yicha Falsafa doktori (PhD) diss.avtoreferati. – Toshkent, 2024.
Комилов Н. Маънолар оламига сафар. – Тошкент: TAMADDUN, 2012.
Муллахўжаева К. Алишер Навоий ғазалиётида тасаввуфий тимсол ва бадиий санъатлар уйғунлиги. – Тошкент: Akademnashr, 2019.