ALISHER NAVOIY HIKOYALARINING FOLKLOR BILAN BOG‘LANISHI (“MAJOLIS UN-NAFOIS” TAZKIRASI MISOLIDA)
##article.subject##:
hikoya, obraz, an’anaviy hikoya, yangi hikoya, naql, syujet va kompozitsiya, badiiy to‘qima, memuar, konflikt, optimistik xotima, mumtoz poetik tanqid, “Majolis un-nafois”, hikoyalar genezisi.##article.abstract##
So‘z san’ati – folklor va yozma adabiyot asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelgan murakkab va serqirra jarayondir. Uning taraqqiyotida umumiy qonuniyatlar va tipologik hodisalar muhim o‘rin tutsa-da, har bir xalqning folklori va yozma adabiyoti o‘ziga xos tarixiy zamin, ijtimoiy sharoit, milliy ruh hamda ichki taraqqiyot qonuniyatlari asosida kamol topadi. Aynan mana shu betakror omillar har bir adabiy an’ananing rang-barangligi va badiiy qimmatini belgilab beradi. Yozma manbalar – badiiy adabiyot, tarixiy asarlar, tazkiralar, memuarlar hamda boshqa turdagi yozma bitiklar, shuningdek, tarjima adabiyot qo‘shni, yaqin va uzoq o‘lkalarda yashovchi xalqlarning boy folklori bilan tanishishda go‘yo ma’naviy chashma vazifasini o‘tagan. Mazkur maqolada ham Alisher Navoiy ijodiyotining muhim xususiyatlari, tur va janr boyligi, xilma-xilligi haqida so‘z boradi. Shoir Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida mavjud va mashhur bo‘lgan ko‘plab asarlar bitgan. Ularda folklorning go‘zal namunalaridan, ayniqsa, hikoyalardan unumli foydalangan. Navoiyning dostonlarida, xususan, “Hayrat ul-abror”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” va “Lison ut-tayr” dostonlarida, “Mahbub ul-qulub” falsafiy-ta’limiy asarida, “Tarixi muluki Ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Majolis un-nafois” va boshqalarda ikki yuzdan ziyod hikoya bor. Bu hikoyalar Navoiy ijodiyotida g‘oyaviy-badiiy jihatdan salmoqli o‘rin tutadi. Maqola davomida ko‘proq zamondoshlarining hayoti haqida hikoya qiluvchi “Majolis un-nafois” tazkirasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Библиографические ссылки
Mallayev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1974. – B. 15.
Белинский В. Г. Собр. Соч в трех томах, том II. – Москва, 1948. – C. 158.
Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. – T.: Musiqa, 2010. – B. 73.
Qorayev Sh. Navoiy o‘qigan kitoblar. – T.: Lesson press, 2020. – B. 16.
Komilov N. Adabiyot va uch buyuk zot: Porso Shamsiyev, Jomiy va Navoiy. – T.: “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2004-yil 6-son.
www.ziyouz.com sayti.